Gyotce Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin

18 iyul 2020, 22:16
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Sport.sky.de nashri xabar berishicha, 28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Sevilya" klubi rahbariyati qiziqib qolgan. Andalusiyaliklar tez orada Marioning agenti bilan aloqa o'rnatishadi.

Ma'lumot uchun, 30 iyun kuni "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan "Oltin bola" erkin agentga aylangan edi. Avvalroq unga "Milan", "Lacio" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.sky.de