So’nggi yangiliklar

18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  1 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  9 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   6 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  1 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  7 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2

Gvatemala bizga qarshi qanday o'ynaydi? Yangiliklar

Gvatemala bizga qarshi qanday o'ynaydi?

Gvatemala mundialdagi o'tgan ikki turni ikki xil o'tkazdi.

Bugun tunda O'zbekiston U-20 terma jamoasi JCH guruh bosqichidagi so'nggi o'yinini Gvatemala termasiga qarshi o'tkazadi. Bilasiz, guruhlarda 1 chi va 2 chi o'rinni olganlar to'g'ridan-to'gri pley-offga yo'l olishadigan bo'lsa, eng yaxshi 4 ta 3 chi o'rin sohiblari ham nimchorak finalga chiqishadi. Ortiqcha matematik hisob-kitoblarga hojat yo'q. Hozirda bisotimizda 1 ochko bor va so'nggi turda faqat g'alaba qozonilsagina imkoniyat saqlab qolinadi. Xo'sh Gvatemala qanday jamoa, o'zi ularni engsa bo'ladimi? Albatta bo'ladi. Zamonaviy futbolda mag'lub qilib bo'lmaydigan biror jamoa yo'q. Raqibga nisbatan to'g'ri uslub tanlansa, futbolchilar reja bo'yicha harakat qilsalar bas.

Raqib xususida.


KONKAKAF vakili hisoblangan Gvatemala saralashda «G» guruhidan joy oladi. Ilk tuda Salvadorga mag'lub bo'lgach, 2 chi va 3 chi turlarda dastlab Panama keyin esa Aruba (Karib dengizi atrofidagi davlat) termalari mag'lub qilinadi. SHu tariqa guruhda 6 ochko to'plab ikkinchi bo'lgan terma pley-offga yo'l oladi. Nimchorak finalda Kanada, chorak finalda esa Meksika termalari penaltilar seriyasida mag'lub qilingach mundial yo'llanmasi qo'lga kiritiladi. O'xshashlik bora?! Biznikilar ham aynan penaltilar seriyasida dastlab Avstraliyani keyin esa Janubiy Koreyani mag'lub qilishgandi. Ko'rinib turibdiki raqib o'ziga kerakli hisobni ushlay oladi va ortiqcha hayajonga berilmaydigan irodali jamoa.


Gvatemala mundialdagi o'tgan ikki turni ikki xil o'tkazdi. Ilk turda Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda ustunlikka erishib mag'lub bo'ldi, ikkinchi turda esa Argentinaga qarshi hech nima qila olmadi. Bosh murabbiy Rafael Loredo o'tgan turlarda raqibdan kelib chiqib 2 xil uslubni tanladi. Dastlab Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda hujumkor 4-3-3 sxemasi, Argentinaga qarshi o'yin uchun esa himoyaviy 5-4-1 sxemasi tanlandi. O'tgan o'yinlardan shunisi malum bo'ldiki, raqiblarimiz hujumda o'ynashsalar xavfliroq. 


So'ngi tur oldidan jamoalarda kayfiyat qanday?

Gvatemala ayni paytda «A» guruhida so'nggi o'rinda bormoqda. To'plar farqi esa -4. Raqiblarimizning so'nggi tur oldidan pley-offga chiqish imkoniyatlari deyarli qolmagan. SHu sababli ham ular uyga qaytish oldidan muxlislarini xursand qilishi uchun chiroyli o'yin ko'rsatib g'alabaga intilishlari tabiiy. Katta ehtimol hujumkor uslub tanlanadi va ochiq o'yin taklif qilinadi. Bunday o'yinlarda esa qarshi hujumlarda samaraliroq harakat qilgan jamoalar yutadi. 


So'zsiz, 2 chi turdagi ajoyib «kambek»dan so'ng yigitlarimizda kayfiyat zo'r. Katta ehtimol, ortiqcha bosim ham yo'q (negaki jamoa bir necha bor qiyin vaziyatlarda iroda ko'rsata oldi ) . Yigitlarning Osiyo chempionatidagi muhim o'yinlardagi hal qiluvchi lahzalarda o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishgani, bosimni engib o'tishgani inson ko'ngliga xotirjmalik bag'ishlaydi. Mundial ostonasida Avstraliyaga so'nggi daqiqalarda mag'lub bo'laturib iroda ko'rsatgan jamoaning bugungi bahsda xotirjam tarzda harakat qilib zafar quchishiga ishonaman.

 

Po'lat Qalandar hikoya qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика