Gvardiolaning sobiq yordamchisi: “Real”ga qarshi bahsda myunxenliklar uning ko'rsatmalarini bajarmagan”
14 may 2020 00:55
Yangiliklar


Gvardiolaning sobiq yordamchisi: “Real”ga qarshi bahsda myunxenliklar uning ko'rsatmalarini bajarmagan”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolaning sobiq assistenti Domenek Torren, CHempionlar Ligasi 2013/14 yilgi mavsumining yarim finali doirasida “Bavariya” hamda “Real” o'rtasidagi javob bahsida maydon egalari murabbiyning ko'rsatmasini bajarmagani haqida esladi.
“Pep o'zi kutayotgan usulda o'ynashimizni istagandi, ammo etakchi futbolchilar o'yinni agressiv tarzda o'tkazishga qaror qilishdi. Gollar urilgan paytda, xatolarga yo'l qo'ydik. Bu kabi holatlar bo'lib turadi. Ehtimol, Gvardiola taktikasi bilan ham baribir 0:4 yoki 0:5 natijasi bilan yuzqazishimiz mumkin edi”, deydi Torren.
Eslatib o'tamiz, o'sha mavsum “qaymoqranglilar” ikki o'yin natijasiga (1:0, 4:0) myunxenliklar ustidan zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar