Gvardioladan keyin uning shogirdi ham Liga kubogidagi to'plarni keskin tanqid qildi

Tolibjon Qosimov
25 okt 2017, 20:59
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture Liga kubogida foydalaniladigan "Mitre" to'plarini tanqid qilgan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani qo'llab-quvvatladi.

"Buni bahona sifatida aytmayapman, chunki biz g'alaba qozondik. Professionallar bunday darajada bu to'plar bilan o'ynashi to'g'ri emas. Biz bu to'plar bilan ikki kun mashg'ulot o'tkazdik, u ko'pchilikka yoqmadi.

Futbolchilar har doim yaxshi to'plarda shug'ullanishadi va shunga ko'nikishgan. Bugun og'ir bo'ldi. Bu to'plar meni huddi ortga, Afrikaga qaytarib yuborgandek bo'ldi. Ular hech kimga yoqmadi, bu juda yomon", - dedi Ture.

Liga kubogida "Mitre" firmasi to'plaridan foydalaniladi. Bunday to'plardan Angliya futbol ligasi bayrog'i ostidagi turnirlarda, yani Chempionship, Liga 1 va Liga 2da foydalanishadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com