Gvardiola Xoland haqida: “Yozda hamma narsa bo'lishi mumkin”
20 mar 2022 10:00
Yangiliklar
Gvardiola Xoland haqida: “Yozda hamma narsa bo'lishi mumkin”
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardioladan “Borussiya D” forvardi Erling Xolandning transferi haqida so'raldi.
“Bu erga kelganimdan beri har oyda 50 ga yaqin yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolashimiz haqida gapirashadi. Ayni damda jamoamizda yo'q futbolchi haqida hech narsa deya olmayman.
U dortmunliklar azosi va bizni qiyin uchrashuvlar kutmoqda. Mavsum oxirida esa transfer oynasi ochiladi va unda hamma narsa bo'lishi mumkin.
Balki, qaysidir yili klubga keyingi besh, olti, etti mavsum uchun forvard kerakligi haqida gapirib qo'ygandirman. Biroq, muvaffaqiyat va omadsizlikni hujumchi yo'qligi bilan bog'laydiganlar toifasidan emasman”, deydi Gvardiola.
Norvegiyalik uchun asosiy davogarlar “Man Siti”, “Real” va “Barselona” bo'lib turibdi.
Fikrlar