Gvardiola: "Tig'iz taqvim bahona bo'lolmaydi"
27 fev 2021 12:29
Yangiliklar
Gvardiola: "Tig'iz taqvim bahona bo'lolmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Vest Xem"ga qarshi o'yindan oldin jamoaning tig'iz taqvimi haqida gapirdi.
"Vest Xem"ga qarshi bahsdan oldin bizda dam olish uchun ikki kun vaqt bo'ldi, "Vest Xem"da esa 6 kun. Bu bahona bo'la oladimi? Hech qanaqasiga. Bu chaqiruv, CHempionlar ligasida qatnashuvchi jamoalar uni qabul qilishlari kerak. Tig'iz taqvimdan bahona sifatida foydalanmaslik kerak. "Bizda tayyorgarlik uchun bor yo'g'i ikki kun" deydiganlar bu klubda bo'lmasligi kerak. Gap charchoqda emas, mening o'zimga va futbolchilarga bo'lgan talabimda", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.

Angliya chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar