

"Rahim - ajoyib futbolchi, shunday bo'lgan va bo'lib qoladi. O'tgan mavsumdagilarga qaraganda bu mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganining birgina sababi bor. Fil va Riyod ayni damda ajoyib holatda. Biroq imkon bo'lishi bilan u maydonda o'zining sifatini namoyon qila oladi", - dedi Gvardiola.
Ushbu mavsumda Sterling "shaharliklar" tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 13 gol va 11 assist amalga oshirdi.



