Gvardiola murabbiy sifatida oliy divizionlardagi 500-g'alabasiga erishdi. U "Barsa", "Bavariya" va "Siti"da ishlagan
30 jan 2021 23:51
Yangiliklar


Gvardiola murabbiy sifatida oliy divizionlardagi 500-g'alabasiga erishdi. U "Barsa", "Bavariya" va "Siti"da ishlagan
"Manchester Siti" Angliya chempionatining 21-turida "SHeffild Yunayted"ni mag'lub qildi (1:0).
Ushbu g'alaba "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola uchun yuqori divizionlardagi 500-si hisoblanadi. U bunga qadar La Ligada "Barselona"ni (2008-2012), Bundesligaa "Bavariya"ni (2013-2016) boshqargan edi. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan buyon "Man Siti"da faoliyat yurityapti.
500-g'alabaga erishish uchun Gvardiolaga 673 ta o'yin kerak bo'ldi. U murabbiy sifatida o'tkazgan uchrashuvlarining 74 foizida muvaffaqiyatga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar