Gvardiola: "Mangala va Nasri "Manchester Siti"dagi o'zining holatini tushunib turibdi"
30 iyu 2017 18:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267643_original.jpg)
![](/upload/storage/267643_220.jpg)
Gvardiola: "Mangala va Nasri "Manchester Siti"dagi o'zining holatini tushunib turibdi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning malum qilishicha, u LaLigadan qaytgan Elyakim Mangala va Samir Nasrini jamoadan haydamoqchi emas.
"Nasri butun holatni biladi. Bizda yarim himoyachilar ko'p, bundan nima chiqishini ko'ramiz. Mangala ham vaziyatni tushunib turibdi. Ular o'z vakillari bilan birgalikda qaror qabul qilishi kerak, biroq ular jamoada ekan, bu futbolchilar haqida biz qayg'uramiz.
Ixeanachoga keladigan bo'lsak, u bizni tark etib, "Lester"ga o'tmoqchi. Hammasi shunga qarab ketmoqda" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar