Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi
20 may 2019 13:04
Yangiliklar


Gvardiola "Manchester Siti"dagi ishi CHempionlar Ligasi orqali baholanadi deb hisoblaydi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "shaharliklar"ning CHempionlar Ligasida zafar quchishini muhim deb hisoblaydi.
48 yoshli ispaniyalik mutaxassis ingliz klubini 2016 yil fevralda qabul qilib olgan. U 2018/19 yilgi mavsumda Angliya kubogi, Liga Kubogi va APL chempionligini qo'lga kiritdi. "SHaharliklar" CHempionlar Ligasida esa yarim finaldayoq to'xtashga majbur bo'lishdi.
- Oxir-oqibat mening ishim CHempionlar ligasi orqali baholanadigandek ko'rinmoqda. Agar biz bu kubokni qo'lga kiritmasak, bu etarli deb hisoblanmaydi. "Barselona" bilan 4 yil ichida ikki marta CHL musobaqasi kubogini boshimiz uzra baland ko'tardik. Endi buni "Manchester Siti" bilan amalga oshirish zarur. APL da to'plangan ochkolar ko'zni quvontiradi. Ammo, biz CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni istaymiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar