Gvardiola: "Manchester Siti" MYU va "Liverpul" darajasiga chiqishni xohlamoqda, ammo..."
18 may 2019 14:29
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" MYU va "Liverpul" darajasiga chiqishni xohlamoqda, ammo..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub Angliya premer-ligasi titulini qo'lga kiritgandan so'ng dunyoning eng kuchli jamoasi bo'lishga harakat qilishini aytib o'tdi.
"Juda ham mamnunmiz. Biz "Manchester Yunayted" va "Liverpul" darajasiga chiqishga harakat qilamiz, ammo tarixni aldab bo'lmaydi. Bu ilojsiz. Biz ikki mavsumni juda ajoyib o'tkazdik. Eng zo'r bo'lishimiz uchun barini uzoqroq ushlab turishimiz lozim. Biz dunyoning eng kuchli jamoalaridan birimiz va bu etarli. Biz bundan xursandmiz. Ha, biz eng yuqori pog'ona uchun harakat qilamiz, ehtimol, bunga besh yil ichida erisharmiz" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar