Gvardiola "Man Siti" bilan 200-g'alabasiga erishdi
11 fev 2021 01:31
Yangiliklar


Gvardiola "Man Siti" bilan 200-g'alabasiga erishdi
"Manchester Siti" jamoasi Angliya kubogining 1/8 final bosqichida "Suonsi"ni (3:1) musobaqadan chiqarib yubordi.
Bu g'alaba Pep Gvardiola uchun jamoa boshqaruvidagi 200-si bo'ldi. U 2016 yildan beri "shaharliklar"ni boshqarmoqda. Bu vaqt davomida klubni 268 uchrashuvga boshlab tushdi va "Manchester Siti" futbolchilari Pepning qo'l ostida jami 659 ta gol urishni uddaladi.
Ispaniyalik mutaxassisning shogirdlari 15 o'yindan buyon faqat g'alaba qozonishmoqda, mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi esa 22 o'yinga etdi.
"Man Siti"ning keyingi raqibi Joze Mourinyu boshchiligidagi "Tottenxem" bo'ladi. Mazkur bahs 13 fevral kuni o'tkaziladi. Etiborli jihati shundaki, klubnig mavsumdagi so'nggi mag'lubiyati aynan "shporlar"ga qarshi o'yinda qayd etilgan edi (21 noyabr, 0:2).
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar