Gvardiola "Liverpul" muxlislarining o'yindan oldin o'zini tutishi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2018, 12:23
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi bahsdan oldin raqib jamoa ishqibozlarining o'zini tutishi haqida fikr bildirdi.

"Siti"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul" muxlislari ko'chada bayram uyushtirishdi va raqib avtobusiga buyumlar uloqtirishdi (VIDEO)

"Kecha menga bu sodir bo'lishi mumkinligi haqida aytishgan edi. Odatda bundan xabardor bo'lgan policiya, voqeani oldini olishga harakat qiladi.

Buni "Liverpul"dan, ularning odamlaridan kutmagan edim. Bu bir yil avval Dortmundda sodir bo'lgan voqeani eslatib yubordi. Avtobusni dabdala qilishdi, "Liverpul"dek klub bunday ishlarga qodirligini kutmagan edim.

"Liverpul" emas, odamlar buni qilmoqda. Bu boshqa takrorlanmaydi deb o'ylayman" - deydi Gvardiola.

"Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi javob o'yini 10 aprel kuni "Etixad"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC