Gvardiola: “G'olib bo'lmasang, senda muammolar paydo bo'la boshlaydi”
14 dek 2016 00:41
Yangiliklar
Gvardiola: “G'olib bo'lmasang, senda muammolar paydo bo'la boshlaydi”
“Manchester Siti” jamoasi ustozi Xosep Gvardiola jamoasi o'yinini yaxshilashi lozimligini yaxshi tushunib turibdi.
“SHaharliklar” so'ngg 15 ta uchrashuvning atigi to'rttasida g'alabaga erishishdi.
“Tan olishimiz kerak, o'tgan oyda bizning ishlarimiz yaxshi kechmadi. O'z maydonimizdagi so'nggi to'rtta uchrashuvda biz g'alabaga erisha olmadik va bor yo'g'i to'rtta gol urishga erishdik. Men o'zimni oqlamoqchi emasman. Ammo biz o'z falsafamizga sodiq qolamiz va uni o'zgartirmaymiz. Faqatgina o'zimiz ishongan jihatni yanada yaxshilashga harakat qilamiz. Futbolda uzoq vaqtga mo'ljallangan loyihalar mavjud emas. Sababi g'alabaga tezlik bilan erishish lozim. Agar g'olib chiqmas ekansan, senda muammolar paydo bo'la boshlaydi. O'shanda jamoani boshqa mutaxassis boshqaradi. CHunki jamoa g'alaba qozonishi shart”, deydi ispaniyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar