Gvardiola ECHLda g'olib bo'lish haqida gapirdi
20 may 2019 22:15
Yangiliklar


Gvardiola ECHLda g'olib bo'lish haqida gapirdi
Joriy mavsum ingizcha trebl qayd etgan Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa kelajakda ECHLda g'olib chiqishi shartligini aytdi.
“ECHLdagi natijamizni muhokama etishlarini oldin ham aytgandim. Boshqa titullarni olgan taqdirimda ham ular ECHL bosh sovriniga teng kela olmaydi. Talablar shunaqa va men ular bilan yaxshi tanishman. «Barselona» ustozi bo'lganimda 4 yil ichida ikki marta chempionlar ligasini yutib olishga muvaffaq bo'lgandim. Muxlislar meni boshqalardan ajralib turuvchi murabbiy sifatida bilishadi. SHu sabab «Manchester Siti» men bilan birga ECHLda g'olib chiqishi kerak deb hisoblashadi. Bu hali ham haqiqat. "Man Siti" ochkolar bo'yicha rekord qo'yib, Angliyada raqobat kuchli bo'lgan musobaqalarda ajoyib tarzda qatnashmoqda. Biroq, biz chempionlar ligasini yutmoqchimiz”, – deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar