

"Agueroning boldirida muammosi bor. U bir necha o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Qanchaligini ayta olmayman, biroq u derbida o'ynamaydi.
Afsuski, Zinchenko ham jarohatlangan. U jamoamizda deyarli barcha poziciyalarida o'ynay oladigan ajoyib futbolchilardan biri", - dedi Gvardiola.
YCHLning 5-turi doirasida "Siti" 26 noyabr kuni "Shaxtyor"ga qarshi bahs olib boradi. MYU bilan uchrashuv esa 7 dekabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.



