Gvardiola "CHelsi" bilan o'yindagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi
06 jan 2023 08:05
Yangiliklar


Gvardiola "CHelsi" bilan o'yindagi g'alabadan so'ng fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "CHelsi"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz birinchi bo'limda u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Kanseloga minnatdorchilik bildirdim, u o'zi uchun noodatiy bo'lgan poziciyada o'ynadi.
Ikkinchi bo'limda esa har jabhada nisbatan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Bu biz uchun muhim natija.
Riyad Marez uchun joy topilishini bilgandim. U hujum chizig'ida birga-bir vaziyatda yaxshi harakat qila oladi.
Birinchi bo'limda qiynaldik, tartibsiz, sekin harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa barchasi yaxshi bo'ldi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar