Gvardiola "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi
06 apr 2021 08:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629375_original.jpg)
![](/upload/storage/629375_220.jpg)
Gvardiola "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi
"Bir necha hafta buni hayolimdan chiqarib tashlay olmadim (o'tgan yilgi parvoz nazarda tutilmoqda). Bu yomon edi. Bu mavsumning oxirgi o'yini bo'lgandi va biz keyingi bosqichga chiqmoqchi edik. "Lion"ni tabrikladik va o'zimiz keyingi bosqichga chiqishga loyiq emasligimizni tan olgandik.
Bu mavsum balki "Borussiya D"ga stabillik etishmayotgandir, ammo jamoa individual tomonlama kuchli, har bir futbolchi - fantastika! Xummels, Jan, Mene, Daud... Xoland, Sancho, Azar, Roys, Brandt. Akademiyaning ajoyib futbolchilari. Ular pley-offda ajoyib o'ynaydigan "Sevilya"ni musobaqadan chiqarib yuborishdi.
Raqib jamoani tahlil qilayotganimda ularning jadvaldagi o'rniga etibor qaratmayman. Bu 0:0 hisobida boshlanadigan futbol o'yini. Ikkita o'yin bo'ladi va kim yaxshi o'ynasa, o'sha keyingi bosqichga chiqadi.
Myunxenda ishlaganimda Dortmund bizning principial raqibimiz edi. Xar yili ularga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynardik. U erda uch yil davomida o'ynaganmiz: birinchisida Yurgen Klopp bilan, qolgan ikkitasida Tomas Tuxelga qarshi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar