Gvardiola "Bavariya"ni yangi mavsumga tayyorlashni boshladi
15 iyu 2014 01:17
Yangiliklar
Gvardiola "Bavariya"ni yangi mavsumga tayyorlashni boshladi
Besh kun ilgari Xerman Gerland qo'li ostida yangi mavsumga tayyorgarliki boshlagan "Bavariya" futbolchilari bugundan etiboran bosh murabbiyi Xosep Gvardiola boshchiligida mashg'ulotlarni davom ettirishadi.
Ayni paytda mashg'ulotlarda jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar Robert Levandovski, Sebatyan Rode, Xuan Bernat, jarohatidan forig' bo'lgan Badshtuber, Tiago Alkantara, David Alaba kabi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Xavi Martinez seshanba kunidan boshlab mashg'ulotlarga kirishadi. Jahon chempionalari Manuel Noyer, Filipp Lam, Bastian SHvanyshtayger, Mario Gyotce, Jerom Boateng va Tomas Myuller kabi futbolchilarga 3 haftalik tatil berilgan va ular yangi mavsumga tayyorgarlikni 1 avgustdan boshlashadi. Toni Kroos esa yaqin kunlar ichida rasman "Real" azosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. Jarohatidan forig' bo'layotgan Frank Riberi ham yaqin kunlar ichida mashg'ulotlarga kirishishi kutilmoqda. Jahon chempionati bronza medali sohibi Aren Robbenga ham tatil berilgan.
Fikrlar