Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
22 fev 2021 08:05
Yangiliklar


Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
"Kutilganidek o'yin og'ir kechdi. Jiddiy mehnat qilishimizga to'g'ri keldi. "Arsenal" va Artetaga qarshi o'ynash qiyin. SHuning uchun, futbolchilarimdan minnatdorman.
Mikel barcha narsani biladi. U do'stim bo'lgani uchun bu gaplarni aytayotganim yo'q. U aqlli. Men uni jamoasini kuzatib, ko'p narsa o'rganganman. Bugun ham kelajakda foydalanishim mumkin bo'lgan narsalarni ko'rdim. U futbol haqida barcha narsani biladi.
Odamlar bizning g'alabali seriyamizni ko'rib, barchasi osonlikcha ro'y beryapti deb o'ylashmoqda. Men bunaqasini kutmagandim. Bajarayotgan ishlari uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Bunday o'yinlarda 1:0 hisobida g'alaba qozonish - aynan biz bajarishimiz lozim bo'lgan vazifadir.
Oldinda yana APLdagi 4 ta uy o'yini bor. Biz nima istayotganimizni tushunamiz. Katta qadam tashlashni xohlaymiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar