Gvardiola Aguero haqida malumot berdi
02 fev 2021 22:51
Yangiliklar


Gvardiola Aguero haqida malumot berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Serxio Aguero qachon maydonga qaytishini aytib o'tdi.
"Serxio hali maydonda shug'ullanganicha yo'q. Kechagina u sportzalda mashg'ulot qildi. Bir necha haftalardan keyin u tiklanadi. Asosiysi - uning koronavirus testi manfiy natija ko'rsatdi", - dedi Gvardiola.
Ushbu mavsumda 32 yoshli Aguero "Manchester Siti" tarkibida 9 o'yinda 2 gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar