

"Joriy mavsum "Siti" uy uchrashuvlarini muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda? Hamma gap gollar yetishmasligida. Biz raqibdan bir gol o'tkazib yuborishimiz mumkin, ammo o'zimiz etarli darajada gol urmayapmiz. "Manchester Siti" har doimo ham 2,3 va 4 ta gol urmayapti. Golli vaziyatlar esa ko'p. Statistikaga ko'ra, biz toza golli vaziyatlar yaratish bo'yicha Premer-ligada yetakchimiz, ammo gollar soni bo'yicha ettinchi o'rindamiz.
Tezkor futbolchi xarid qilmoqchi bo'lsang, u haqiqatdan ham shunday bo'lishi kerak. Gol uruvchi bilan ham shunday: Agar gollar kerak bo'lsa, ularni xarid qilish lozim. Bu aynan shunday ishlaydi" - deydi Gvardiola.



