Gvardiola: "Agar jamoaga gollar kerak bo'lsa, ularni transfer oynasidan sotib olish kerak"

Aslanov Jasurbek
6 may 2017, 14:22
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola joriy mavsumda jamoaning vaziyatlardan unumli foydalanish foizi pastligi muammosi haqida fikr bildrid.

"Joriy mavsum "Siti" uy uchrashuvlarini muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda? Hamma gap gollar yetishmasligida. Biz raqibdan bir gol o'tkazib yuborishimiz mumkin, ammo o'zimiz etarli darajada gol urmayapmiz. "Manchester Siti" har doimo ham 2,3 va 4 ta gol urmayapti. Golli vaziyatlar esa ko'p. Statistikaga ko'ra, biz toza golli vaziyatlar yaratish bo'yicha Premer-ligada yetakchimiz, ammo gollar soni bo'yicha ettinchi o'rindamiz.

Tezkor futbolchi xarid qilmoqchi bo'lsang, u haqiqatdan ham shunday bo'lishi kerak. Gol uruvchi bilan ham shunday: Agar gollar kerak bo'lsa, ularni xarid qilish lozim. Bu aynan shunday ishlaydi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph