Gvardiola: "Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu faqat bir futbolchi tufayli"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016, 10:18
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola bu ikki jamoani solishtirish noto'g'ri ekanligini aytdi.

"Men "Barselona"dek o'ynashimizni istamayman. Agar "Barselona" shunday o'ynayotgan ekan, bu jamoa tarkibidagi futbolchilar tufaylidir. Aniqroq aytadigan bo'lsam - bir o'yinchi sabab. Ko'pchilik Gvardiola ingliz futbolini o'zgartirish uchun keldi deyishdi. Ammo men o'zgartirish uchun emas, meni o'zgartirishlarini istaganim uchun "Manchester Siti"ni boshqaryapman. O'rganishni istayman. Futbolchilarim g'alaba qozonib, o'yindan rohat olishlari uchun ularni o'zgartirmoqchiman. Shu sabab meni klubga taklif qilishdi. O'zim ham futbolchilarimning o'yinlariga ko'nikishim kerak" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca