

“Fichajes”ga ko'ra, Madrid klubi 20 yoshli xorvatiyalikka asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. Florentino Peresning shaxsan o'zi uni “Real”da ko'rishni xohlamoqda.
Gvardiol jamoada Ferlan Mendiga o'rinbosar bo'lishi va himoya markazida David Alabaning o'rnini egallashi kutilmoqda. O'z navbatida avstriyalik chap qanotga ko'chib o'tadi.
Himoyachi Qatardagi mundialda 7 bahsda qatnashib, bitta gol urdi va terma bilan bronza medaliga ega chiqdi.



