Gustavo Poyet: "Agarda Mourino 3 yilda "Tottenxem" bilan sovrin olmasa, ajablanarli holat bo'ladi"
11 may 2020 23:57
Yangiliklar


Gustavo Poyet: "Agarda Mourino 3 yilda "Tottenxem" bilan sovrin olmasa, ajablanarli holat bo'ladi"
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Gustavo Poyet "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqida gapirdi.
"Pochettinoni ketkazib yuborish to'g'rimi noto'g'rimi bilmadim. Biz rahbariyatning xayollarini tasavvur ham qila olmaymiz.
Umuman olganda Pochettino bilan birgalikda klub 5 yil ajoyib davrni o'tkazdi. Argentinalik murabbiy jamoaning o'yin uslubini yuqori darajaga olib chiqdi. "Tottenxem" ECHL darajasidagi jamoaga aylantirildi.
Biroq klubdagilar o'zgarishlarni istashdi va Mourinyuni chaqirishdi. U sovrinlar uchun kurashadi, buni esa "Tottenxem" muxlislari ham istashmoqda. Murabbiyning kelishi va ketishi to'g'ri qaror bo'lganini vaqt ko'rsatadi. Agarda unga 3 yil taqdim qilinsa-yu, Mourinyu sovrin yuta olmasa, ajablanarli holat bo'ladi", - dedi Poyet.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar