G'ulom O'runov: "Endi "Lokomotiv"ga qarshi o'z maydonimizdagi o'yinda yaxshi natijaga erishamiz"
08 mar 2016 12:35
Yangiliklar


G'ulom O'runov: "Endi "Lokomotiv"ga qarshi o'z maydonimizdagi o'yinda yaxshi natijaga erishamiz"
"Andijon" futbolchisi G'ulom O'runov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dastlabki o'yinligini uchun biroz qiyin bo'ldi. Hali jamoamiz yangi. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz.
Keyingi o'yinda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yinga ham oz vaqt qoldi. Xudo xohlasa, o'sha o'yinda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz", - deya o'z fikrlariga yakun yasadi "burgutlar" futbolchisi G'ulom O'runov.
Eslatib o'tamiz, kecha Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi Toshkentda "Paxtakor"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar
08:20
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Husniddin Aliqulovning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 4

Fikrlar