Gullit: "Liverpul" "Roma" bilan o'yin kabi harakat qilsa, "Real"ga mag'lub bo'ladi"
06 may 2018 15:56
Yangiliklar
Gullit: "Liverpul" "Roma" bilan o'yin kabi harakat qilsa, "Real"ga mag'lub bo'ladi"
Mashhur murabbiy Ruud Gullit "Liverpul"ning ECHL finalidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Agarda "Liverpul" "Roma" bilan o'yin kabi harakat qilsa, "Real"ga mag'lub bo'ladi. "Liverpul"ning bir qator sobiq yulduz futbolchilari fikrlarini o'qidim. Ular "Real"ning o'yinlari kuchli emasligi va Mersisayd jamoasining imkoniyati yuqoriroq ekanligini takidlashgan. "Liverpul" katta o'yinlarga tayyor, biroq safardagi bahslarda o'zini biroz yo'qotib qo'ymoqda. Kiev esa "Enfild" emas. "Liverpul" futbolchilari ko'p hujum qilishadi va nimalarga qodirligini ko'rsatadi. Ammo jamoa 90 daqiqa vaqt davomida yuqori tezlikni ushlab tura olishmaydi", - dedi Gullit.
Fikrlar