Gullit: "Jarohatdan keyin van Deyk juda bo'sh o'ynamoqda"

Mirjalol Normatov
25 fev 2023
Sobiq futbolchi Ruud Gullit "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykni tanqid qildi.

"Jarohatidan tuzalib qaytganidan keyin u juda bo'sh himoyalanmoqda. Xuddi figurachilarga o'xshab shunchaki himoyalanadi va blok qo'yadi. U borini berib, harakatlanmayapti.

Ha, bu balki uning eng yomon davridir, biroq shunday paytda u yetakchilikni qo'liga olishi kerak. Himoyaning yomon o'yiniga u javob berishi kerak", - dedi Gullit.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Ziggo Sport