So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  9 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  5 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

"Gruziyada "Paxtakor", Samarqand va o'zbek palovi haqida juda yaxshi bilishadi". "Torpedo Kutaisi"da o'ynayotgan Murod To'ychiboev bilan intervyu Yangiliklar

"Gruziyada "Paxtakor", Samarqand va o'zbek palovi haqida juda yaxshi bilishadi". "Torpedo Kutaisi"da o'ynayotgan Murod To'ychiboev bilan intervyu

Bugungi kunda Evropaning ko'plab chempionatlarida o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepayotgani yangilik emas.

Faoliyati davomida "Metallurg", "Navbahor", "Neftchi", "Dinamo", Bangladeshning "Arambat", "Brazers Yunion" klublarida o'ynagan hamyurtimiz Murod To'ychiboev yaqinda Gruziyaning "Torpedo Kutaisi" jamoasi azosiga aylandi. SHu munosabat bilan futbolchi bilan aloqaga chiqdik va qator mavzularda suhbatlashdik.

- O'zbekistonlik futbolchilarning Gruziya chempionatida o'ynashi kam kuzatiladigan holat hisoblanadi. "Torpedo Kutaisi"ga o'tishingiz qay tariqa yuz berdi?

- Avvalambor assalomu alaykum. Gruziya jamoasiga agentlar orqali keldim. Qishda oldimda Belarus chempionatidan ham variant bor edi. Lekin, ular faqat ko'rik uchun chaqirishdi. "Torpedo Kutaisi" esa 90 foizlik shartnoma taklif qildi. Klubdagi sharoitlar menga yoqdi. Yakunda shu jamoani tanladim. 

- Bir muddat Bangladeshning "Arambat", "Brazers Yunion" jamoalari sharafini himoya qildingiz. Demak, Gruziya siz uchun oldinga tashlangan katta qadam, desak to'g'ri bo'ladimi?

- Ha, malum vaqt Bangladeshda ham o'ynashimga to'g'ri keldi. "Torpedo Kutaisi" albatta ortga emas, oldinga tashlangan qadam. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Bundan ham yaxshi va kuchli chempionatlarda to'p tepish niyatim bor. 

- Yangi jamoangiz sizni qanday kutib oldi? Klubdagi sharoitlardan ko'nglingiz to'ldimi?

- Jamoaga kelgan ilk kunimdanoq meni yaxshi kutib olishdi. Mashg'ulotlarga ham tezda kirishib ketdim. Murabbiy ham, jamoadoshlarim ham meni hurmat qilishadi. SHaroitlar alo darajada, tarifga til ojiz. Klub menga yashashim uchun kvartira ham berdi. Umuman olganda hammasi yaxshi. 

- "Torpedo Kutaisi"da avvalgi jamoalaringizda guvoh bo'lmagan qaysi jihatlarni ko'ra oldingiz?

- Bu erda faqat futbol haqida o'ylaysiz. Qolgan hamma narsa mavjud.

- O'zbekiston chempionatida ham gruziyalik futbolchilar soni ortmoqda. Yaqindan ko'rib va kuzatib ularning asosiy ustun jihatlari nimada ekanligini ayta olasizmi?

- Superligamizda ham gruziyalik futbolchilar to'p tepayotganidan xabarim bor. Futbolchining hayoti shunday. Rizqni qaerda bersa o'sha joyda o'ynaydi.  Ularning ustun tomoni jismoniy jihatdan baquvvat va bo'ydorligi bilan ajralib turadi.

- Yurtimizdagi faoliyatingizdan qay darajada ko'nglingiz to'lgan? Sizga nisbatan nohaqliklar bo'lganmi?

- Qaysidir jamoadagi faoliyatimdan ko'nglim to'lgan, yana qaysidir klubdagi harakatlarimdan esa aksincha qoniqish hosil qilmaganman. Bular haqida gapirib bersam suhbatimiz cho'zilib ketadi. Nohaqliklar ko'p bo'lgan. Ammo, hozirda bularni eslashni hojati yo'q, deb o'ylayman. Bugungi kunimdan xursandman. 

- "Torpedo Kutaisi" juda ham tarixiy jamoa hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu jamoa bilan "Paxtakor"ning yo'llari ko'p kesishgan. Umuman Gruziyada O'zbekiston deganda birinchi navbatda nimani tushunishadi?

- Ha, gaplaringizni barchasi rost. Mazkur klubni o'ziga yarasha tarixi bor. O'zbekiston deganda jamoadoshlarim, mahalliy muxlislar "Paxtakor" klubimizni yaxshi bilishadi. SHuningdek Samarqand, Buxoro kabi tarixiy joylarimiz haqida ham malumotga egalar. Va albatta sevimli taomlarimizdan biri palovni juda yaxshi ko'rishar ekan. Ularga O'zbekiston chiroyli, tinch va osuda mamlakatligini aytib berganman.

- Paytida "Neftchi", "Navbahor" kabi vodiy klublari sharafini himoya qilgansiz. Sizningcha vodiyda futbol o'syaptimi?

- "Navbahor"da ko'zga ko'rinarli o'zgarishlarga qo'l urilmoqda. "Neftchi"ga kelsak, menimcha bu jamoa joriy mavsumda Superligaga qaytsa kerak. CHunki, tarkibga tajribali va mahoratli ijrochilar jalb qilingan. Bilasizmi, futbolda haqqoniylik bo'lsa ijobiy natijalarga erishish mumkin. 

- Gruziyaga agentlar orqali keldim, deb aytdingiz. Hozirgi paytda futbolda agentlarning o'rni qay darajada? Lekin, yosh futbolchilar bu borada aldanib qolayotgan holatlarni ham ko'rmoqdamiz...

- Agentlar soni ko'payib bormoqda. Ularning aksariyati o'z cho'ntagini o'ylaydi, ishining ustasi emas. Yoshlarga pulga qiziqib shoshilinchda agent tanlashda xato qilmasliklarini so'rab qolgan bo'lardim.

- Ajoyib suhbat uchun tashakkur. Aytadigan gaplaringiz, tilaklaringiz bo'lsa marhamat... 

 - Yurtimiz tinch bo'lsin. Tez orada Superliga bahslari start oladi. Barcha ishtirokchi jamoalarga omad tilayman. Suhbat uchun sizga ham rahmat.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика