Gruziya terma jamoasi vakili "Liverpul"ga o'tishi mumkin
05 avg 22:24
Yangiliklar
Gruziya terma jamoasi vakili "Liverpul"ga o'tishi mumkin
Ingliz klubi "Valensiya" hamda Gruziya terma jamoasi darvozabonini sotib olishga qiziqib qolgan. Ikki klub vakillari shu haftada uchrashuv o'tkazib, transfer haqida muzokaralarni boshlashadi.
"Liverpul" Allisonga o'rinbosar qidirmoqda, biroq braziliyalik posbon yana bir mavsum jamoada qolishga tayyor. "Qizillar" 31 yoshli afsona bilan xayrlashmoqchi emas, ammo Mamardashvilini hozir sotib olishni reja qilishmoqda, chunki uning narxi o'sib ketishi mumkin.
Mersisaydliklar Georgiyni sotib olganidan so'ng boshqa ingliz klubiga ijaraga berishni reja qilishyapti. Futbolchining o'zi ham bu transferga qiziqib qolgan va ijaraga rozi bo'lishi mumkin.
23 yoshli posbonga "Bornmut" ham qiziqish bildirmoqda.
"Valensiya" Evro-2024 startidan avval Mamardashvilini 35 mln. evroga baholagan edi. Agar transfer amalga oshsa, kelishuv oldinroq ko'rsatilgan narxga yaqin bo'lishi mumkin.
Fikrlar