Grizmann oyog'idagi muammo tufayli Kot-d'Ivuarga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 noya 2016, 12:12
"Atletiko" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Kot-d'Ivuarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Forvard Shvetsiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvida (2:1) oyog'idagi kichik shikastlanish bilan o'ynagan edi, ammo u 88-daqiqada almashtirildi. Yaqin vaqti ichida shifokorlar Grizmanning Kot-d'Ivuarga qarshi bahsda ishtirok etishi borasida taxminlarini e'lon qiladi, ammo Fransiya terma jamoasidagilar futbolchi bilan tavakkal qilmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal