Grizmann - “Atletiko”ning xorijlik to'purarlari orasida peshqadam
16 dek 2018 09:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/467324_original.jpg)
![](/upload/storage/467324_220.jpg)
Grizmann - “Atletiko”ning xorijlik to'purarlari orasida peshqadam
“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann La Liga 16-turida “Valyadolid”ga (3:2) qarshi bahsda “dubl” qayd etdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu uchrashuvda 27 yoshli francuz futbolchisi “matraschilar” safida chempionatda 83-golini kiritdi. SHu tariqa hujumchi “Atletiko”ning xorijlik to'purarlari ro'yxatida argentinalik Ruben Kanoni ortda qoldirib, yakka peshqadamga aylanib oldi. Ushbu natijaga erishish uchun Grizmannga 159 ta uchrashuv kifoya qildi.
“Real Sosedad” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi 2009 yilda jamoasi tarkibida debyut qilgandi va 2014 yilda “Atletiko”ga ko'chib o'tgandi. To'rt yil davomida u “matraschilar” tarkibida o'z hisobiga 120 ta gol yozib qo'yshga ulgurdi. Bu borada u klub tarixidagi eng yaxshi ettinchi futbolchi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
17:11
"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar