Grilish yozda "Aston Villa"ni tark etadi
09 fev 2020 13:12
Yangiliklar


Grilish yozda "Aston Villa"ni tark etadi
Yarim himoyachi Jek Grilish yozgi transferlar oynasi vaqtida "Aston Villa"ni tark etishi kutilmoqda.
24 yoshli angliyalik futbolchi o'zini boshqa darajada sinab ko'rmoqchi. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
SHuningdek, MYU Jeyms Meddisonni ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Biroq u "Lester" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi bo'lib yuribdi.
SHu boisdan mankunianliklar katta ehtimol bilan Jek Grilish orqali tarkibni kuchaytirishni istaydi.
O'tgan mavsumda "Tottenxem" Grilishni transfer qilmoqchi bo'lgandi. Undan tashqari, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Grilishni maqtab o'tdi.
Jek 6 yildan buyon "Aston Villa"da o'ynaydi. Ushbu mavsumda u 27 o'yinda 9 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar