So’nggi yangiliklar

02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Grigoriy Kolosovskiy: "Yigitlarga uchrashuv uchun rahmat" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Yigitlarga uchrashuv uchun rahmat"

Osiyo CHempionlar ligasi "C" guruhining 6-tur uchrashuvi, "Paxtakor" - "Al Jazira" bahsidan keyin, mezbonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

"Ko'rganingizdek jamoamiz g'alabaga intildi va bunga erishdik. Guruhdagi holatimiz bizga bog'liq emasdi. Endi O'zbekiston chempionati turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Yigitlar borini berishdi.

Jarima zarbasini talashishdi? Jamoamizda standartlarni amalga oshiruvchi futbolchilar tayinlangan. Bu murabbiylar shtabi tomonidan aniqlanadi. Bugun Tolipovning zarbalari yaxshi amalga oshayotgani uchun unga ishondik. SHerzod Karimovga keladigan bo'lsak, u xafa bo'lgani rost. Buni muhokama qilamiz. U ushbu bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Qolganlar borasida ham shunday deya olaman. Yigitlarga uchrashuv uchun rahmat. Barakalla!

Suhrob Berdiev hozircha o'yin ritmiga tusha olmadi. Kelasi o'yinlarda buni to'g'irlashga harakat qilamiz.

Sergeevni almashtirmasligimiz sababi u jamoaga katta yordam bera oladi. Vaziyatlardan foydalana olmayotgan bo'lsada, ammo ularga ega bo'layapti. Vaziyatlarni yo'qqa chiqaradigan futbolchilar ko'p. Biz zaxirada borimizni ishga solyapmiz. Buni ustida ishlaymiz.

No'mon Hasanovning yo'qligi uning oilasida muammolar bor, shu sababli hozir o'rnini men egallab turibman.

Uydagi o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Mana ko'rib turibsiz bizga bir ikki ochko etishmadi. Mehmonda esa ancha qiynaldik.

Otaxonov haqida gapiradigan bo'lsak, u yosh. Ajoyib o'yin o'tkazdi, ammo bazi kamchiliklar bo'ldi.

Tarkibni yoshartirish? "Paxtakor" doimo oltin medallar uchun kurashadi. SHundoq ham tarkibimizda yoshlar etarli. Xatto ko'plab iqtidorli futbolchilarimiz jarohat tufayli maydonga tusha olmayapti. To'g'ri o'rinbosarlarimizda kuchli futbolchilarimiz bor. Ammo asosiy jamoadan o'rin olish uchun bunga munosib bo'lish, mashg'ulotlarda ter to'kib ishlash kerak" - deydi Kolosvskiy.

Temur Tolipov: "O'yin ajoyib o'tdi. Muxlislar ham bizni qo'lidan kelganicha qo'llab turdi. Kelasi mavsumda bundanda yaxshi natija qayd etishga umid qilamiz.

Bugungi raqibni kuchli deyish mumkin. Ammo ularning har biri bilan o'ynash mumkin. O'zbekiston chempionati arablarnikidan kuchliroq".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика