Grigoriy Kolosovskiy sobiq jamoasini Superligada "olib qoldi"
30 noy 17:19
Yangiliklar
Grigoriy Kolosovskiy sobiq jamoasini Superligada "olib qoldi"
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi Superliganing joriy mavsumida so'nggi o'rinni egallagan holda Pro ligaga tushib ketdi. "Temiryo'lchilar" yakuniy turda o'z maydonida "Neftchi"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHu turga qadar oxirga pog'onada borayotgan "Metallurg" esa safarda "Nasaf"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, o'tish o'yinida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" klubini ayni damda shu mavsumning o'zida uchinchi klubda ishlayotgan Grigoriy Kolosovskiy boshqarib borayotgandi. U 3 noyabr kuni "Metallurg"dan istefoga chiqarilib, oradan 3 kun o'tgach, "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Mavsum boshida esa Kolosovskiy "Navbahor"da Samvel Babayan yordamchisi sifatida faoliyat olib borgandi.
Fikrlar