Grigoriy Kolosovskiy sobiq jamoasini Superligada "olib qoldi"

Оқил Абдубарноев
30 noya 2024
53 yoshli mutaxassis keyingi mavsum Pro ligada ishlashi mumkin.

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi Superliganing joriy mavsumida so'nggi o'rinni egallagan holda Pro ligaga tushib ketdi. "Temiryo'lchilar" yakuniy turda o'z maydonida "Neftchi"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu turga qadar oxirga pog'onada borayotgan "Metallurg" esa safarda "Nasaf"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, o'tish o'yinida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" klubini ayni damda shu mavsumning o'zida uchinchi klubda ishlayotgan Grigoriy Kolosovskiy boshqarib borayotgandi. U 3 noyabr kuni "Metallurg"dan iste'foga chiqarilib, oradan 3 kun o'tgach, "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Mavsum boshida esa Kolosovskiy "Navbahor"da Samvel Babayan yordamchisi sifatida faoliyat olib borgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia