

Superliga
25-tur
"Xorazm" – "Navbahor" 1:2
Gol: 3 - Abror Xo'sinov (avtogol), 35 - Husayn Norchaev (Umar Adhamzoda), 57 - Rafael Tavaresh (Elzio Lohan)
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Abdurashid Erkinov
To'rtinchi hakam: Dilshod Ahmedov
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Husan Xudoyberdiev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Oybek Davletmuratov
“Xorazm”: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov (13.Elzio Lohan,46), 8.Nodir Abduxoliqov (34.Suhrob Izzatov,46), 9.Sardor Azimov, 10.Rafael Tavaresh ( 7.Temurbek Ismailov, 78), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 88.Abror Xo'sinov (12.Maksim Shiryaev, 52), 94.Rustamjon Abduhamidov (90.Ulug'bek Hoshimov.65), 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultanov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 79.Aziz Axrorov,
“Navbahor”: 16.Shukron Yo'ldoshev, 4.Islom Mamatkazin, 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo,90), 13.Benjamin Teydi (21.Asadbek Rahimjonov, 75), 17.Muhammaddali G'iyosov (7.Ruslan Jiyanov,56), 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (5.Dilshodjon Komilov,75), 30.Jasur Jaloliddinov, 34.Giorgi Jgerenaya, 55.Muhammadqodir Hamraliev.
Zaxira: 2.Saidazamat Mirsaidov, 18.Isoxon Musoxonov, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammaddali Usmonov.
Ogohlantirish: 28 - Rafael Tavaresh
Uchrashuv yakunlandi
90+2. Sal qolishga sal qoldi. Pirmuhammedovning zarbasi ustunga tegmoqda
89. Shukron mehmonlarni qutqarmoqda. Bugun har ikki darvozabon ajoyib tarzda harakat qildi
88. Diyor Xolmatov juda yaqin masofadan kuchli va aniq zarba yo'lladi. Ergashevdan super seyv
84. Mezbonlar mehmonlarning shuncha foydalanilmagan imkoniyatlari uchun jazolashlari mumkin edi. Biroq Romning zarbasi biroz noaniq ketdi
82. Jiyanovning zarbasini Ergashev ushlab oldi
80. Mehmonlarda yana bir imkoniyat. Yana Norchaev o'z imkoniyatidan foydalana olmadi
77. Yana bir imkoniyat va bu safar Norchaev o'z imkoniyatidan foydalana olmadi
69. Pirmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
63. Jiyanov raqib maydonchasining ichida yaxshi harakat qildi va zarba yo'lladi. Uning zarbasi noaniq ketdi
60. Norchaev gol urdi, biroq goldan avval hakam Muhammadqodir raqib futbolchiga qo'pollik ishlatdi deb hisobladi va golni bekor qildi
59. Biroz avval golga ajoyib assist qilgan Elzio Lohan bu safar uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Uning kuchli va aniq zarbasini Yo'ldoshev qaytarmoqda
57. GOOOL. Mezbonlar juda tezkor hujumni ajoyib tarzda yakunlashdi. Rafael Tavaresh ajoyib tarzda yakunladi. Unga Elzio Lohan ajoyib tarzda uzatmani amalga oshirgandi
56. Diyor Xolmatovning zarbasiga aniqlik yetishmadi
55. Jasur Jaloliddinovning yaqin masofadan yo'llagan aniq zarbasini Egashev qaytardi
49. Norchaevning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz noaniq ketdi
47. Sabinoning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi
Birinchi bo'lim yakunlandi
35. GOOOL. Husayn Norchaev hisobdagi farqni o'zgartirdi. Unga to'pni Adhamzoda uzatgandi
28. Rafael Tavaresh Adhamzodaga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi
19. Jasurning ajoyib zarbasi to'singa tegmoqda
18. Norchaev darvozabon bilan birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi. Ergashevdan navbatdagi seyv
17. Mezbonlar uchrashuvdagi ilk xavfli hujumini yaratdi. Azimovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev bartaraf etdi
13. Adhamzodaning uzoqdan yo'llagan zarbasini Umid Ergashev ushlab oldi
8. Mehmonlardan navbatdagi ajoyib hujum. Norchaevning zarbasi ustunga tegdi va maydonga qaytdi. Qaytgan to'pni esa Xolmatov yaqin masofadan zarba yo'lladi. Bu yerda Ergashev ajoyib harakat qildi
3. GOOOL. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida hisob ochildi. Ilichning uzatmasidan so'ng mezbonlar himoyachisi Abror Xo'sinov o'z darvozasiga to'pni joylab qo'ydi
Uchrashuv boshlandi


