So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Grigoriy Kolosovskiy: "Futbolchilarning mahorat darajasi "Paxtakor" saviyasiga mos tushmayapti" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Futbolchilarning mahorat darajasi "Paxtakor" saviyasiga mos tushmayapti"

Oliy liganing so'nggi tur doirasidagi "Paxtakor" - "Obod" (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy ishtirok etdi.


- "Paxtakor" mavsumning so'nggi o'yinida muxlislarga g'alabani taqdim etmoqchi bo'lgandi. Ammo yana o'sha muammo, yani yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda oqsamoqdamiz. Hujumchilarimiz vaziyatlarni samarali yakunlashda muammolarga duch kelishmoqda. "Obod" imkon qadar himoyada tartibli o'ynashga intildi va qaysidir manoda ular bu ishni yaxshi uddalashdi.
Biz katta kuch bilan oldinga o'ttik, gol urish uchun etarli imkoniyatlar bo'ldi. Uchrashuv so'nggida darvozabonimizni ham hujumga o'tkazdik. Ammo g'alaba keltiruvchi golni kirita olmadik. Qarshi hujumda "Obod" bizning darvozamizni ishg'ol etishi mumkin edi. Bu safar omad biz tarafda bo'ldi.

- "Paxtakor"ning ko'plab etakchi futbolchilari, xususan terma jamoa azolari bugungi o'yinda ko'plab vaziyatlarda gol urishni uddalasha olishmadi, yoki istashmadimi? Ularga gol urish uchun nima to'sqinlik qildi, deb o'ylaysiz?

- Siz o'yinni kelishilgan bo'lganlikda gumon qilyapsizmi? Yo'q, aslo bunday bo'lishi mumkin emas. SHunchaki yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmaslik bizning eng og'riqli nuqtamizga aylangan. Bu muammo birinchi turdan buyon davom etib kelmoqda. Igor Sergeev tarkibimizda bo'lganida ham hujumlarni samarali yakunlashda muammolar bor edi. O'shanda Sergeev yaratilgan 5ta vaziyatdan 3tasini golga aylantirayotgandi. Hozirgi hujumchilarimiz 5ta vaziyatdan bitta gol urishmoqda. Aniq esimda yo'q, ammo yodimda, ikkinchi davrani 4-5ta turidan keyin ham Igor Sergeev to'purarlar ro'yxatida birinchi pog'onada ketayotgandi.
"Buxoro" va "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda bir qancha vaziyatlar yaratgandik. Ammo yakunda mag'lubiyatga uchraganmiz. Futbolchilarning mahorat darajasi "Paxtakor" saviyasiga mos tushmayapti. Buning ustida albatta ishlaymiz. Jamoamiz hujumlarni yakunlashda, nuqta qo'yishda oqsamoqda.

- Qiziq holat ruy berdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida jarima zarbasi belgilangan vaziyatda siz darvozabonni oldinga o'tishga chorladingiz. Futbolchilar esa Botirali Ergashevni joyida qolishini so'rashdi. Siz bosh murabbiysiz, ammo futbolchilar negadir sizning qaroringizga qarama-qarshi darvozabonga orqaga ketishini ko'rsatma berishdi. SHuningdek, murabbiylar shtabida ham kimdir bilan ancha bahslashib qoldingiz. Bunga qanday izoh berasiz?
- Futbolchilar natija uchun qayg'urishdi va shundan qo'rqishdi. Men ularga natija muhim emasligini tushuntirdim. Sababi, biz allaqachon beshinchi o'rinni egallab bo'lganmiz. G'alaba yoki mag'lubiyat turnir jadvalidagi mavqeimizga tasir ko'rsatmasdi. shu bois stadionga kelgan muxlislarga g'alabani taqdim etmoqchi bo'lgandim. Buni murabbiylar shtabiga ham tushuntirdim. Yakunda baribir darvozabonimiz burchak zarbasi paytida raqib jarima maydonchasiga bordi va hujumni rivojlantirishga hissa qo'shdi. Aynan uning to'pga tegishidan keyin Javohir Soibovda gol urish uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Biroq futbolchiga aniqlik etishmadi. Bizni yo'qotadigan narsamiz qolmagandi. SHu sababli katta kuch bilan oldinga o'tishga, g'alaba qozonishga intildik.

- O'tgan yilgi chempion jamoa bu mavsumda beshinchi o'ringa tushib ketdi...
- O'tgan yilgi jamoadan ko'plab etakchi futbolchilar ketishdi. Qarang, Lobanov, Krimec, Merzlyakov, Maxaradze, pardaev, Sergeev. Lobanov, Krimec, Merzlyakov bu himoya qo'rg'onimizning eng asosiy futbolchilari, askarlari hisoblanishardi. Kaxi Maxaradze jamoa sardori. Pardaev zaxiradan maydonga tushib jamoa o'yiniga kuch qo'shib turardi. SHu bois joriy mavsumda bizga qiyin bo'ldi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика