Grand klublardan biri Saul uchun 80 million evro to'lashga tayyor
04 iyu 2021 20:02
Yangiliklar
Grand klublardan biri Saul uchun 80 million evro to'lashga tayyor
"Atletiko" klub futbolchisini sotishga qarshi emas.
Germaniyaning "Bavariya" klubi "Atletiko" yarim himoyachisi Saulni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Radio Marca.
Manbaning xabar berishicha, Myunxen klubi 26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 80 million evro to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, madridliklar Saulning o'rnini "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul bilan to'ldiradi.
2020/21 yilgi mavsumda Saul "Atletiko" tarkibida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 golli uzutmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com sayti futbolchini 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar