Gorecka kelasi yozda "Bavariya"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin

Alisher
21 iyul 2021, 13:57
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka kelasi yozda klubdan ketishi mumkin.

Myunxen klubi 26 yoshli nemis bilan shartnomani uzaytirishdagi muzokaralarda qiyinchilikka uchramoqda.

Futbolchining vakillari Leon yiliga 20 million evro maosh olishini talab qilishmoqda, "Bavariya" esa yiliga 10dan 12 million evrogacha to'lashga rozi.

Vaziyatni "Manchester Yunayted", "Real" va "Barselona" kuzatmoqda va u bilan kelasi yozda shartnomasi tugagandan so'ng bitim imzolashga tayyorlar.

Gorecka 2020/21 yilgi mavsum jamoa tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bayern & Germany