So’nggi yangiliklar

12:32"Барселона" "Брюгге" ҳужумчисига қизиқмоқда  0 12:00"Манчестер Юнайтед" "Реал Сосьедад" голкиперини сотиб олмоқчи  1 10:47EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  7 10:20Анчелотти «Бавария»нинг шикоятларига жавоб қайтарди  30 09:48Жошуа Киммих қайси жамоага ўтиш ниятида эканлиги маълум  5 09:25Томас Тухель мағлубият сабабини ошкор қилди  10 09:03Кейн «эффекти». «Бавария» неча йилдан сўнг мавсумни кубоксиз якунлади?  13 08:39Sofascore. Кечаги учрашувда энг катта баҳо олган футболчи маълум  3 08:15Суперлига. Апрель ойининг энг яхши футболчиси ва мураббийи бўлиш учун даъвогарлар эълон қилинди  5 07:53Карло Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  19 07:30«Реал Мадрид» — «Бавария» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  14 07:06Про лига. Бугун 7-турга старт берилади  1 06:30Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Реал Мадрид" - "Бавария" 2:1   0 03:20Томас Тухель: "Футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши"  40 03:12Томас Мюллер ҳакамнинг қарори ҳақида: "Бунақаси Мадридда тез-тез бўлиб туради. Роналдунинг офсайддан урган икки голи бунга мисол"  34

Superligadagi ilk argentinalik futbolchi O'zbekistonga kelishi, chempionat darajasi hamda favoritlar haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Superligadagi ilk argentinalik futbolchi O'zbekistonga kelishi, chempionat darajasi hamda favoritlar haqida fikr bildirdi

"Qizilqum"ning argentinalik futbolchisi Gonsalo Gabriel Rittako O'zbekiston futboli haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Mavsum boshida barcha jamoalar kabi "Qizilqum" ham o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan edi. SHunday transferlardan biri argentinalik futbolchi Gonsalo Gabriel Rittako hisoblanadi. Hozirgi kunda Superliga jamoalari yozgi tannafusdaligini hisobga olgan holda O'zbekiston chempionatlari tarixidagi dastlabki argentinalik futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani bilan qiziqdik.


- "Qizilqum" jamoasidan sizga qachon va qanday qilib taklif kelib tushdi?

- Fevral oyida agentim qung'iroq qilib, "Qizilqum" jamoasidan taklif bulayotganini aytdi va klub murabbiyi meni o'z jamoasida kutayotganini takidladi. So'ngra ushbu taklifni qabul qildim.

- O'zbekistonga kelishingizdan avval yurtimiz haqida qanday malumotga ega edingiz?

- Tug'risini aytsam, deyarli hech qanday malumot bilmasdim, chunki bu erda dastlabki argentinalik bo'lganligim uchun bu mamlakat haqida kimdan so'rashni bilmasdim. Ammo yurtingiz va futbolingiz haqida izlandim va shu erga kelishga qaror qildim.

- Aytib o'tganingizdek, O'zbekiston chempionatlari tarixidagi dastlabki argentinalik futbolchisiz. Bu haqda qanday fikrdasiz?

- Rostini aytsam, bu haqda O'zbekistonga kelganimdan so'ng eshitdim. Bir kuni argentinalik jurnalist qo'ng'iroq qilib, ushbu malumotni menga aytganida, juda hayron bo'ldim, chunki dunyo buylab minglab argentinalik futbolchilar faoliyat olib borishadi. Yana shuni takidlashim kerakki, bu erdagi birinchi argentinalik futbolchi bo'lish men uchun juda katta sharaf. O'ylaymanki, kelgusida ko'plab yurtdoshlarim ushbu mamlakatda faoliyat olib borishadi. 

- O'zbekistonda yarim mavsum to'p tepdingiz. Superliga qanday taassurot qoldirdi?

- Menga chempionatingiz juda ham yoqdi, chunki bu erda barcha jamoalar chempionlik uchun kurashmoqda. O'ylashimcha, Superliga Osiyodagi eng kuchli ligalardan biri hisoblanadi.

- Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

- Vaqtdan unumli foydalangan holda jismoniy holatimni yaxshilashga harakat qilmoqdaman, chunki asosiy tarkibdan joy olishim shart. Dam olish haqida o'ylamayapman, sababi mavsum so'ngida dam olishga vaqtim bo'ladi. Albatta, bu o'lkaning tarixiy shaharalarini ziyorat qilish niyatidaman.

- Mendagi malumotlarga ko'ra, jamoadagi muhit unchalik yaxshi emas. Bu haqda nima deya olasiz?

- Bu jamoa mening oilam hisoblanadi va har bir oilaning o'z sirlari bo'ladi. Men o'z oilam sirlarini matbuotga tarqatish niyatida emasman.

- CHempionlik uchun qaysi jamoalar davogar deb o'ylaysiz?

- "Qizilqum", "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalarining imkoniyatlarini yuqori baholayman. Umid qilamanki, "Qizilqum" mamlakat chempioni bo'ladi.

- Jamoa muxlislariga tilaklaringiz...

- Muxlislardan doim jamoaga ishonch bildirgan holda qo'llab-quvvatlashda davom etishini so'rab qolaman. Fursatdan foydalanib, "Qizilqum" jamoasi muxlislariga minnatdorchilik bildiraman, sababi bu erga tashrif buyurganimdan buyon ular menga faqat iliq munosabatda bo'lishdi. O'z kuchim va tajribam orqali jamoa natijalariga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman.

 

Uchqun Azimov suhbatlashdi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика