Gollandiyaning qaytishi. Ular qanday qilib barchaning boshini aylantirib tashlashdi?
14 iyu 2014 12:38
Yangiliklar
Gollandiyaning qaytishi. Ular qanday qilib barchaning boshini aylantirib tashlashdi?
Ispaniyaning muammolari ikkinchi taymdan oldin boshlangandi.
Salvadorda tropik yomg'ir boshlanganda, Del Boske yordamchisi Toni Grande murabbiylar o'rindig'iga xuddi suvgan tushgan mushukdek edi. Bir soat o'tishga ulgurmay, Del Boske va Grande o'z futbolchilarini ovuntirishni boshlashgandi.
“Fonte-Nova” tribunalarida muxlislar Diego Kosta mashg'ulotda paydo bo'lishi bilanoq “bu-u-u-u-u” baqiriqlari bilan uni haqorat qila boshlashdi. O'yin vaqtida braziliyaliklar bilan birga o'tirgan gollandlarga xushtakbozlik yoqib qoldi va Diego Kostaning to'p bilan har bir harakati xushtaklar va baqiriqlar ostida qoldi.
Avvaliga ispanlarning to'pni Kostaga etkazib berishi oson bo'lgandi va hujumchi ham to'p bilan jarima maydonchasiga kira olayotgandi. Sobiq braziliyalikning atrofida Vlaar va De Vrey girdikapalak edi, ular o'yin boshida zarbalarni qaytarib turishgandi, keyinroq Diego Kosta - De Vrey to'qnashuvida penalti yuzaga keldi. 1:1 hisobida jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
Jahon kubogida va nihoyat hakamlarning aralashuvisiz o'tgan uchrashuv paydo bo'ldi. Hakamlar xato qilishmadi, lekin undanda hayajonliroq ishlar bo'ldi. Diego Kostaning yiqilishida himoyachining yaxshigina roli bor edi. Ko'pchilik bu penaltida nohaqlik bo'ldi deb hisoblashgandi, ammo ikkinchi taymda hammasi unutildi.
Goldan-golga gollandlar kuchliroq bo'lib borayotganga o'xshardi.
Gollandlar aqldan ozgandi, yangi qon bilan ajoyib o'yin ko'rsatishiga kim ham shubha qilgandi. Ularning yagona aybi, doimo o'sha ajoyib tempni ushlab qolisha olmaydi. Evro-2008da JCH finalchilari Italiya va Fransiyani dodini bergandi, chorak finalda esa yuklarini ko'tarib uyga qaytishgan, JARda finalgacha chiqishgan, Ukrainada esa hatto guruhdan chiqa olishmadi.
Ikki yil oldin Robben hamda van Persiga mos mutaxassis Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu murabbiy o'zining Amsterdam jamoasi bilan 20 yil oldin CHL finalida “Milan”ni er tishlatgan. “Barselona” bilan ikki bora primerani yutgan ustoz, 2002 yili Gollandiyani JCHga olib chiqa bilmadi. AZning o'ttiz yillik tarixida ilk bor van Gal chempionlikni qo'lga kiritadi. Murabbiy “Bavariya”ni top klublar safiga qaytarganidan so'ng, keyingi mavsum jamoani tark etadi. Bu aqlli va yanada aqlli ko'rindigan murabbiy, juda ham omadliligi uchun shunday ko'rinadi.
Umuman olganda, bu murabbiy Robben va van Persi uchun.
Biz JARdagi jahon chempionatida yo'q Gollandiya o'ziga kerakli tempni ushlab olsa, finalga chiqish ular uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Van Gal ikki yil oldin jamoani yangiladi va jamoa yoshlarining yuzi sifatida Kevin Strotmanni tanladi va u 22 yoshida jamoa sardori bo'lishga ulgurdi. Bu harakatlar van Galga mos. Strotman jarohat oldi, ammo u bilan bo'lgan barcha yoshlar hozir mundialda.
“Ayaks”ning so'nggi ikki mavsumdagi eng yaxshilaridan biri Deyli Blind, ikki ajoyib to'p oshirishi bilan o'yin taqdirini umuman boshqa tarafga burib yubordi.
Stefan de Vrey elkama-elka kurashlarda ko'p g'alaba qozonadi va golni ham huddi shu tarzda urdi.
O'ng qanotda Yanmat Xordi Albani shoshiltirib qo'yadi, o'z jamoadoshidan to'pni qabul qilayotgan Kasilyas 72-daqiqada katta xatoga yo'l qo'yadi.
Yasper Silessen hisob 0:1 bo'lib turganida David Silvaning ayyorona zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ladi.
O'yinda 36 foiz to'pga egalik qilgan Gollandiya terma jamoasi Evropa chempionlarini 5:1 hisobida yanchib tashlashadi. Endi to'pga egalik qilish borasidagi fikr mulohazalar boshqa tarafga o'zgarishi aniq. Gollandlar har doim ham bunday ruxda bo'lishmaydi, ammo ularning jahlini chiqarsangiz atrofidagi barchani yutib yuboradi. Gollandlar doim ham bunday ruhda bo'lishmaydi, shuning uchun ham ularni ko'rib zerikmaysiz.
Van Persi JCHdan keyin “Manchester Yunayted”da qaysi murabbiy bilan ishlashi haqida hozir eslashning ham keragi yo'q.
sports.ru saytidan Jasur Aslanov tarjimasi.

Fikrlar