So’nggi yangiliklar

07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  1 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  8 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  4 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1

Gollandiya bronza medali sohibi Yangiliklar

Gollandiya bronza medali sohibi

Jahon chempionati doirasidagi uchinchi o'rin uchun bahsda Braziliya hamda Gollandiya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.


Yarim finalda yaralangan ikkita gegemon jamoa bronza medallari uchun bellashuvda to'qnash kelishdi. Bundan bir necha kun avval o'z muxlislari qarshisida "nemis mashinasi" tomonidan qaqshatqich zarbaga uchragan Braziliya sal bo'lsada o'z aybini yuvish maqsadida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishi kerak edi. Gollandiya esa shu paytgacha hali mag'lubiyatga uchramagandi va Lui van Gaal shogirdlari ushbu ananaga sodiq qolgan holda o'z uylariga qaytishni rejalashtirishgandi.

Uchrashuvni gollandiyalik futbolchilar katta tezlik bilan boshlashdi. O'yinning 3-daqiqasidayoq Aren Robben darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotgan pallada Tiago Silva uni ushlab qolib qoidani buzdi va penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi.

11-metrlik jarima to'pini Gollandiya terma jamoasi sardori aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Braziliya futbolchilari hali ruhan o'zlariga kelib ulgurmaganliklari ushbu o'yinda sezilib qoldi. Oradan ko'p daqiqa o'tmasdan David Luis o'z jarima maydonchasi ichida turgan Blindga tashlab berdi. Gollandiya futbolchisi ushbu "sovg'a"ni qo'ldan boy bermadi va katta qiyinchiliksiz Julio Sezar darvozasini ishg'ol etdi. 

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Veynaldum Gollandiyaning uchinchi golini kiritdi va ushbu o'yindagi jamoasining yirik g'alaba qozonishini taminladi.

Li van Gaal shogirdlari o'z uylariga bronza medalini bilan qaytishga muvaffaq bo'lishdi. Mezbonlar esa mundial sharmandali ishtirok bilan yakunlashdi.


JCH-2014. Uchinchi o'rin uchun bahs.

BRAZILIYA - GOLLANDIYA 0:3

13 iyul. 01:00

Brazilia. "Milliy" stadion.

Bosh hakam
: Jamel Haymudi (Jazoir).

Qanot hakamlari
: Reduane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir).

Zaxira hakami:
Yuichi Nishimura (Yaponiya)

Gollar: Robin van Persi (3 - penalti), Blind (17), Veynaldum (90).

Braziliya: Julio Sezar, David Luiz, Tiago Silva, Paulino (Ernanes, 57), Oskar, Maksvell, Ramires, Luis Gustavo (Fernandino, 46), Villian, Jo, Maykon.

Gollandiya: Silessen (Vorm, 90), Vlaar, De Vrey, Martins Indi, Blind (Yanmatt, 69), Robin van Persi, De Guzman, Robben, Kuyt, Klasi (Veltman, 90), Veynaldum.

Ogohlantirishlar: Silva (3), Robben (9), De Guzman (36), Fernandino (55), Oskar (68).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика