Amorim: "MYU murabbiyi hech qachon o'zini xavfsiz his qila olmaydi"
27 dek 20:04
Yangiliklar
Amorim: "MYU murabbiyi hech qachon o'zini xavfsiz his qila olmaydi"
Ruben Amorim o'zining "Manchester Yunayted"dagi ishi xavf ostida emas deb hisoblamaydi.
MYU ustozidan yomon natijalar fonida o'zining joyi ishonchlimi yoki yo'qligi haqida so'rashdi. Amorim "qizil iblislar" boshqaruvida dastlabki 7 o'yinning 4 tasida imkoniyatni bosh berdi va bu klubning antirekordi.
"Manchester Yunayted" murabbiyi hech qachon, hech qanday sharoitda o'zini xavfsiz his qila olmaydi.
Istalgan murabbiy o'zi uchun tovon puli to'langan yoki to'lanmaganidan qati nazar doim ish joyini yo'qotib qo'yish xavfida bo'lishini bilaman. Bu esa menga yoqadi, chunki ishimiz shunday. SHu sabab sizning savolingizni to'g'ri qabul qilaman.
Aytish mumkinki, bir oydan beri shu erdaman va men to'rtta mashg'ulot o'tkazdim. Lekin, biz yutmayapmiz. Bu haqiqat", - dedi portugaliyalik murabbiy.
Fikrlar