So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  29 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  8 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

Gollandiya – Argentina 0:0. (pen. 2:4) MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Gollandiya – Argentina 0:0. (pen. 2:4) MATNLI TRANSLYACIYA

Gollandiya – Argentina o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. Yarim final

GOLLANDIYA – ARGENTINA 0:0 (pen. 2:4)

Bosh hakam:
Junayt CHaqir (Turkiya).

Gollandiya: Silessen, Vlaar, De Vrey, Martins Indi (Yanmat, 46), Blind, De Yong (Klasi, 62), van Persi (Xuntelaar, 96), Sneyder, Kuyt, Veynaldum, Robben.

Argentina: Romero, Garay, Sabaleta, Biglia, Perez (Palasio, 82), Iguain (Aguero, 82), Messi, Maskerano, Demichelis, Roxo, Lavezzi (Maksi Rodrigez, 100).

Ogohlantirishlar: Martins Indi (45), Demichelis (49), Xuntelaar (105).

                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH



Etiboringiz uchun rahmat!

Barcha Argentina terma jamoasi muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz! Gollandiya ishqibozlariga esa keyingi bahslarda omad tilab qolamiz!


Argentina finalda!


8. To'p oldida Rodrigez! Zarba va GOOL! 2:4!


7. To'p oldida Kuyt! Zarba va GOOL! 2:3!


6. To'p oldida Aguero! Zarba va GOOL! 1:3!


5. To'p oldida Sneyder! Zarba va yo'q! ROMERO!


4. To'p oldida Garay! Zarba va GOOL! 1:2!


3. To'p oldida Robben! Zarba va GOOL! 1:1!


2. To'p oldida Messi! Zarba va GOOL! 0:1!


1. To'p oldida Vlaar! Zarba va yo'q! Romero! 0:0!



Gollandiya boshlaydi!

Demak boshlaymiz....

Tim Krul bugun yo'q. Hamma umidi Silessendan, uchar-gollandlarning...

Ha-ya, "lotoreya" bahsini yurak bilan ko'rmang, ko'z bilan tomosha qiling! SHunda ko'zingiz dosh bera oladi...)

Buyog'iga penaltilar seriyasi ko'ramiz...

TAMOM!

120`
Qo'shimcha taymga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

119` Dirk Kuytning zarbasi va rikoshet... Xavfli!


118` Messi shu vaqt mobaynida darvozaga zarba bermadi-a? Nima qildi unda?

117`
Rodrigezning zarbasi va Silessen o'z o'rnida.

116` RODRIGO PALASIO! SILESSEN!
Palasio boshi bilan Silessenni dog'da qoldirmoqchi bo'ldi. Lekin chuchvarani hom sanagan ekan...

114`
Maydonda G'allaorol bilan Angren o'ynayaptimi nima balo?

112`
Katta-katta musobaqalarda shunaqa zerikarli o'yinlar ham bo'lib turadi...

110`
Palasio raqib himoyasini yorib kirmoqchi bo'ldi. O'xshamadi.

108`
Sabaletaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda...

106` So'nggi qo'shimcha bo'lim boshlandi...


Ha, aynan shu men aytgan dahshatli yarim final. Yarim, final. Finalni butuni, dahshatlisi 13 iyulda bo'ladi, tomosha qilasizlar...)

Birinchi qo'shimcha bo'lim tugadi.

105`
Messining jarimadan oshirib bergan to'pini Silessen bartaraf etdi.

105`
Xuntelaar CHaqir tomonidan sariq kartochka bilan siylandi.

105`
Maydondagi eng faol futbolchi bu Robben bo'lib turibdi.

104`
CHaqirni tartibga chaqirish kerak! Hozir Aren Robbenga qarshi qoida buzildi. CHaqir jim. Sneyder g'azabda.

102` Lola ranglilar hujumda. Lekin bu safar ham naf chiqmadi.

100`
Lavezzi o'rniga Maksi Rodrigez tushdi.

99` AREN ROBBEN! Ajoyib! Bo'larkan-u!
Zarba yaxshi chiqdi, lekin bu zarba Romeroga u qadar qiyinchilik tug'dirmadi.

98`
Aren Robben argentinalik himoyachilar orasidan qochishga erishdi. Lekin uning rejasi amalga oshmay qoldi. Lekin Robbenning bu harakatlari o'yinni biroz bo'lsada jozibador qila oldi...

97` Robin van Persi o'rniga Xuntelaar tushirildi.

96`
Oleksandr Pishurni van Persidan nima kam joyi bor deysizmi?

95`
Bir latifa kelib qoldi...

93`
To'p gollandiyaliklarda. Eski epizodlar takrorlanmoqda...

91` Ko'shimcha taymning dastlabkisi boshlandi...

Robin van Persida sardorlik bog'ichidan boshqa hech narsa qolmapti o'zi...

Messi va Robin van Persi CHaqir bilan muzokaralarni olib borishmoqda.

Tim Krulni uyg'otib yuboringlar! Hozir penaltilar seriyasi boshlanib qolsa uyqusirab yurmasin...)

Uchrashuvning asosiy daqiqasi tugadi! Qo'shimcha taymlar ko'ramiz...

90+3`
Yanmat o'yindan tashqari holatda...

90+2`
Gollandiya katta kuch bilan hujumda harakat qilmoqda...

90+1` ROBBBBENNN! XAVFLI VAZIYAT! Lekin to'pga zarba berishni chuzib yubordi...

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 hakam tomonidan daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90`
Kim birinchi xato qilari bo'lmoqda...

89`
To'p gollandiyaliklarda...

88`
Gollandiya burchak to'pi tepdi. Samarasiz.

87` Hujum ko'raylik...

85`
Roxoning zarbasini Silessen egallab oldi.

84`
Gollandiya ketma-ket ikkinchi bor finalga chiqish uchun harakat qilmoqda.

83`
Iguain o'z o'rnini Agueroga bo'shatib bermoqda.

82`
Argentina tarkibida o'zgarish. Perez o'rniga Rodrigo Palasio tushmoqda.

80` Ha aygancha, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham shu erda. Yo'g'e, stadionda...

78`
Messini jarima zarbasi haqidagisi bor-u, o'shanisida... Sneyder bu safar Messi rolida...

77`
Gollandiya sekin-asta hujumlar sonini oshirmoqda. Vaqt esa o'tib bormoqda.

76` UH!
Iguain yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ola bilmadi! XAVFLI VAZIYAT!

76`
Robben-Yanmat-van Persi kombinaciyasi o'yindan tashqari holat evaziga uzilib qoldi.

75`
Dirk Kuytni to'p oshirishi haqida gapirmay qo'ya qolay...

74`
Messi jarima to'pini maktab o'quvchisidan ham battarroq bajardi...

73` Argentina jarima zarbasi ishlab oldi.

72` Lavezzi!
Vlaar hozir to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi...

70`
Uyoqda nemislar ham raqiblarimiz kim bo'larkin deb o'tirishibdi... Tomas Myuller uxlab qolgandir bunaqa o'yindan...)

68`
Blindga yomg'ir noto'g'ri tasir qildi shekilli. Bog'cha bolasi to'pni to'g'ri uzatishi mumkin bo'lgan vaziyatda "chaqaloq"dek harakatlandi...

67`
Ochiq havoda "yopiq" o'yin ko'rsatishgan edi. Havo almashdi, o'yinchi? Kuzatamiz...

65` Ob-havo ham zerikdi chog'i. Yomg'ir yog'moqda...

63`
De Yongni jarohati bezovta qildi va u o'yinni davom ettira olmaydi. O'rniga Klasi tushdi.

61`
Samarasiz hujumlar, samarasiz to'p oshirishlar...

59` UH!
Lavezzi qanotdan to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Iguain to'pni erga urib yubordi. Darvoza erda joylashmaganku, Gonzalo!

58`
Aytvoringlar, Lui van Gaal Tim Krulni 120 daqiqada maydonga tushirishga tayyorgarlik ko'raversin. Har ehtimolga qarshida...

56`
Endi Messi! Bu safar ham himoyachilar Leoni to'xtatib qolishdi. Qoidani buzmasdan.

55`
Aren Robben markazdan yorib kirmoqchi bo'ldi. Lekin bir paytda "Bavariya"da birga o'ynagan sobiq jamoadoshi Demichelis uning harakatlarini "o'qiy" oldi.

54`
Ispaniya bilan o'yindan keyin hech kim Robin van Persini ko'rmadimi?

52`
Silessen Noyerdan ko'p narsani "kopirovka" qilib olgan ko'rinadi. Harakatlari Manuel Noyerni eslatmoqda. To'p bilan ham ancha yaxshi muomalada bo'lmoqda. Yaxshi...

51`
Lui van Gaal Tim Krulni tayyorlayversin hozirdanoq...

50`
Sneyderning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

49` Demichelis ogohlantirildi.

48`
Gollandiya hujumda. Robbenga qarshi o'yin qoidasi buzildi. Jarima to'pi.

47` Gollandiya tarkibida o'zgarish. Martins Indi o'rniga Yanmat tushirildi.

46` Ikkinchi taym boshlandi!

Negyayaya gol yo'q hali ham...?


To'y qachon?

Sizda ham "Rasulov eshiklari" bormi? Uy tayyormi?

Tak, Junayt CHaqir hech kimning "FIFA.UZ"dagi jamoasi tarkibida yo'qmi? Ko'pchilik gol kutamiz devorganiga men ham tarkibimni qarabman, unaqa futbolchi ruyxatda yo'q deydiku...)

Birinchi bo'lim tugadi! Zerikarli taym nihoyasiga etdi. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

45`
Martins Indi o'z "niyatiga" etdi. Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish sohibi. Jarima to'pi.

44`
Bugungi o'yin bizni faqat tarixga nazar solish bilan "band" qilib qo'ymoqda. O'yinga ham nazar solsak yaxshi bo'lardi. Avvalo bunga loyiq futbol ko'rsatishsada...

43` Tarixga nazar. Roppa-rosa sakkiz yil avval Italiya terma jamoasi o'z tarixidagi to'rtinchi chempionlikni nishonlagan edi...

42` Kim birinchi bo'lib portlaydi? Messimi yoki Robbenmi?

40`
Tan olish kerak, ayni paytdagi Gollandiya ham, Argentina ham avvalgi dahshatli jamoalar emas! Ularni o'yinlari Messi va Robbenga bog'lanib qolgan. Hozircha esa bu o'yinchilarni yaxshi qo'riqlashmoqda. Natijada esa keskinlik yo'q. Futbol baribir jamoaviy o'yin. Jamoa sifatida esa avvalgi Gollandiya va Argentina anchagina dahshatli edi...

39`
Martins Indi Messiga nisbatan qoidani buzdi. CHaqir hozircha kartochkalarni yordamga chaqirganicha yo'q.

37` Xavfli vaziyatlarning hammasi kechagi o'yinda tugab qolgandi shekilli... Tinchlik...

35`
Gonzalo Iguain o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

34` Tarixga nazar. Bundan roppa-rosa sakkiz yil avval, shu kuni, ayni shu paytda Zinedin Zidan Materacci finalda "kalla qo'yib" qulatgan edi...

33`
Sneyder ikki bor jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirdi, lekin Romero ikkala safar ham to'pni bartaraf etishga erishdi. Keyin esa van Persi offsayda qolib ketdi.

32`
Gollandiya osongina burchak to'pi ishlab oldi.

30`
Hozircha Messi ham, Robben ham jimgina yurishibdi...

29`
Maskerano maydonga qaytdi. Molodec, Xaver Maskerano. SHu bolani olqishlab qo'yishni lozim deb topdim...

Di Mariya bugun jamoasiga yordam bera olmayapti

28` Maskerano boshidan jarohat oldi. Tezda shifokorlar maydonga tushib kelishdi. Tezlashinglar...

26`
Silessen barchani asabi qay holatda ekanligi tekshirib ko'rdi. Boshqa qiladigan ishi yo'qmi bu bolani...

25
` Garayning boshi bilan yo'llagan zarbasi ancha xavfli ko'rinish oldi. Lekin noaniq.

24`
Argentina yana bir bor burchak to'pi tepadi.

23`
Gollandiya hujum qilishi kerakligi esiga tushib ketdi. Robin van Persining qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'piga hech kim zarba bera olmadi.

21`
Ezikel Lavezzi o'z qanotida ancha faol. Martins Indi uni qo'riqlamoqda.

19`
Argentina burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin yakunda to'p Silessenning qo'liga kelib tushdi.

18`
Argentina terma jamoasi ustozi Sabelyani ko'rsatishmoqda. Jamoasi yarim finalda yutqazib qo'ygandek tasavvur uyg'otmoqda uning nigohi...

16`
Jonlaninglar...

15`
Messini tepgani Silessenning qo'ligacha keldi...

14`
Peresni jarima maydonchasi oldida yiqitishdi. Jarima to'pi. Xavfli nuqta! Leo qanisan? O'zingni ko'rsatchi bolakay...

13`
Argentina bosh murabbiyi Sabelya yon chiziq oldida Robbenga to'pni berdi. Yana gol urmagin dedi chog'i... Eshitmay qoldim...

12`
Argentina jarima turini amalga oshirdi. Befoyda. Lavezzining urinishi samarasiz.

11` Kechagi yarim finalda ayni shu payt Myuller degani hisobni ochgan edi. Tomas Myuller topilmadi bu jamoalarda hozircha...

10`
Messi jarima maydonchasi oldiga kelib yiqildi. Uchrashuv bosh hakami CHaqir uni o'rnidan turishga chaqirdi...

8`
Argentina hozircha birinchi raqam bilan o'ynashni istamayapti, chamamda...

7`
Aren Robben tomon juda chiroyli tarzda to'p etkazib berildi. Lekin yon hakam hammasini "to'xtatib" qo'ydi...

6`
Aren Robben o'z yurishlarini boshlagandi. Lekin Sabaleta bunga yo'l qo'ymadi.

5`
Argentina to'pni o'z nazoratiga oldi. Gollandiya hozircha bunga qarshi emas. Ular ko'proq tezkor qarshi hujumlarni yoqtirishadi. Payt poylamoqda bular...

4`
Argentina ustozi Sabelyaning nigohi o'zgacha... Uni ko'rib jamoasi gol o'tkazib yuboribdimi deysan kishi...

3`
Jamoalar o'rtacha tezlikda o'yinni boshlashmoqda. Hozircha jamoalar bir-birlariga moslashib olishmoqda...

2` To'p bilan Lui van Gaal shogirdlari...

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!!!! Omad har ikkala jamoaga...


Jamoalar o'yinni bir daqiqalik sukut saqlagan holda boshlashadi. Alfredo Di Stefano xotirasi uchun...

Ha-ya, bugungi o'yinni boshqaprib boradigan hakamni CHaqir, Junayt CHaqirni chaqiringlar...

Sabaleta va De Yong quyuq so'rashib qo'yishdi. Yig'ishtiringlar klubdoshliklaringizni! Albatta maydonda. Bugun ular bir-birlariga raqiblar...

Navbat davlat madhiyalariga... Jimgina o'tirib tinglang! :-)

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...

Messi Robbenni oldiga kelib salom-alik qilib ketdi.

Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Jamoalardan chiroyli va mazmunli o'yin kutib qolamiz!
Kechagi Germaniyadek bo'la olishmasada, Braziliyaga o'xshab "panika"ga tushib qolishmasa bo'lgani. Dahshatli yarim final bizni kutmoqda. Ishonavering...

120 daqiqalik o'yin kutayotganlar ko'pmi? Bizga farqi yo'q! 220 daqiqalik o'yin bo'lsa ham xizmatingizda bo'lamiz. Zero bu Jahon chempionati! Mundial o'yinlarida esa atigi uchta o'yin qoldi. 333 daqiqalik o'yin bo'lmaydimi, sharhlayveramiz:-)

Bugun Robben va Messi o'zaro "poyga" o'ynashadi. Kim kuchliroq ayni paytda? Robben? Messi? Buni o'yinda bilib olamiz. Sizningchachi?

Bugungi o'yinda ham ko'p gollar ko'ramizmi? Qiziq!

Argentinalik muxlis 32 ta tishini ko'rsatib kulib o'tiribdi. Kecha braziliyaliklar ham avvaliga kulib o'tirishgan edi...)

Argentina sardori - Messining libosi

Gollandiya sardori - van Persining libosi


Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Xush, yarim finalni ko'rishga tayyormisizlar? Bugun bahs ikkinchi final ishtirokchisi  nomini aniqlab beradi. Gollandiya hamda Argentina terma jamoalari so'nggi chipta uchun o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Ushbu o'yin sharhida SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- O'yin soat 01:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика