So’nggi yangiliklar

16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  1 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  3 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0

Gol uradigan himoyachilar, vunderkind va yosh murabbiy: kimlar "Bayer"ni chempionlikka etaklamoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Gol uradigan himoyachilar, vunderkind va yosh murabbiy: kimlar "Bayer"ni chempionlikka etaklamoqda? (mutolaa uchun)

Muvaffaqiyat yo'lida "farmacevtlar"ning asosiy qahramonlari haqida gaplashamiz.

"Bayer" Germaniya chempionatidagi so'nggi o'ynida "Kyoln"ni 2:0 hisobida qiyinchiliksiz mag'lub etdi. "Farmacevtlar" raqibga javobsiz 2ta gol urgan va o'z darvozalari tomon biror marta aniq zarba qabul qilmagan holda ishonchli g'alabaga erishishdi. "Bavariya" esa bu vaqtda yana ochko yo'qotdi. Myunxenliklar bu safar "Frayburg" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan holda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. SHundan so'ng jamoalar o'rtasidagi farq 10 ochkoga etdi.

Barchasi Bundesligadagi chempionlik poygasi yakuniga etayotganiga ishora qilmoqda. "Bavariya" ulardan 4 ochkogina ortda qolayotgan "SHtutgart" o'tib ketsa 2-o'rindan ham pastlashlari mumkin. "Rekordmaysterlar" kutilmaganda chempionlik poygasidan chiqib ketishmoqda. Ammo, gap faqat bunda emas. Bundesliganing joriy mavsumdagi asosiy qahramoni shu paytgacha yutqazmay kelayotgan va haqli tarzda jadvalni boshqarayotgan "Bayer"dir. "Farmacevtlar"da bir necha asosiy qahramonlarga ega yaxshi jamoa yig'ilgan.



Hozirgi "Bayer"ning asosiy o'yinchilaridan biri Florian Vircdir. 20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi. Yosh xavbek ehtimol faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazayotgandir. Nemis o'yinchisining istiqbolini tizzasidagi hochsimon payning jarohati sabab shubha ostiga olishgandi, ammo u jarohatdan so'ng yanada yaxshiroq formada qaytdi. U hozirda o'z jamoasining eng yaxshi assistenti hisoblanadi va Bundesligada bu borada faqatgina Leroy Sanedan ortda qolmoqda.

Vircni esa top-klublar, jumladan "Bavariya" bilan bog'lashayotgani hayron qoldirmaydi. Mish-mishlarga ko'ra, o'yinchiga shuningdek "Real" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Ammo, so'nggi yangiliklarga qaraganda, futbolchi "Bayer"da yana kamida keyingi mavsum ham qolmoqchi. Haqiqatdan ham yorqin yosh xavbekning chempionlikdan so'ng (agar bu yuz bersa) darhol "farmacevtlar"ni tark etishi g'alati bo'lardi. Agar "Bayer"ni titulni boy bersa, unda hamma narsa bo'lishi mumkin.



Ehtimoliy chempion jamoadagi yana bir muhim o'yinchi – Viktor Bonifase. Nigeriyalik 2023 yilning yozida "Yunion"dan 20,5 mln evro evaziga o'tganidan so'ng Bundesligadagi ilk, ammo juda samarador mavsumni o'tkazmoqda. 23 yoshli hujumchi joriy mavsum Bundesligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 7ta assist qayd etdi. Ehtimol Viktorda aprelga qadar safdan chiqargan jarohat bo'lmaganida statistika yanada yuqoriroq bo'lardi. "Farmacevtlar" uning o'rniga "Betis"dan Borxa Iglesias bilan shartnoma imzolashdi, ammo ushbu transfer hozircha o'zini oqlamayapti.

Ammo, "Bayer" o'zining eng yaxshi to'purarisiz ham amallamoqda. "Farmacevtlar"ga bu borada qanot himoyachilar, aniqrog'i Alexandro Grimaldo va Jeremi Frimponglar yordam bermoqda. Ispanning hisobida gol+pas tizimi bo'yicha 18 ochko bor (9+9). Garchi mavsum hali yakunlanmagan bo'lsa ham bu u uchun eng yaxshisidir. Etiborlisi, nemislar o'yinchini tekinga, aniqrog'i erkin agent maqomida olishdi. Frimpongda esa 8ta gol va 6ta assist bor. U gol+pas tizimi bo'yicha hozircha deyarli o'tgan mavsumdagidek jamg'ardi.



"Bayer"ning muvaffaqiyatida Granit Jaka ham muhim o'rin tutadi. Tajribali yarim himoyachi "Arsenal"ga kerak bo'lmay qoldi, ammo Leverkuzenda juda ham as qotdi. SHveycar maydonda ham, uning tashqarisida ham yosh o'yinchilarga yordam bermoqda, uning o'zida ham "kanonirlar"dan ketganidan so'ng ishonch ancha ortdi. Birinchidan, Jaka nemis futboli bilan tanish, shunday ekan liga u uchun yangi emas. Ikkinchidan, xavbek uchun shunday joy topildiki, u mudofaa chizig'iga zarar bermasdan hujumga o'ta (u doim xohlagandek) oladi.

Albatta, "Bayer"ning ehtimoliy muvaffaqiyatidagi asosiy figura Xabi Alonsodir. Bu yosh mutaxassis uchun bosh murabbiylik rolidagi ilk tajribadir va bu juda muvaffaqiyatli kechmoqda. Ispan "farmacevtlar"ni qiyin paytlarda, aniqrog'i ular quyi ligaga tushib ketish hududida bo'lganlarida va muvaffaqiyat uchun imkonistlari bo'lmagan paytda qabul qilib oldi. Ammo, ular o'sha mavsumda ham Bundesligada 6-o'rinni egallashdi va Evropa ligasi yarim finaliga qadar etib borishdi. Jamoa joriy mavsum chempionlik uchun kurashmoqda, Evropa ligasida ham "Liverpul" bilan bir qatorda favorit sifatida tilga olinmoqda.

Alonsoning muvaffaqiyati top-klublarni etiborsiz qoldirmaydi. Mutaxassis uchun "Liverpul" va "Bavariya" jiddiy kurashmoqda. Ehtimol yozga kelib boshqa davogarlar ham paydo bo'lar. Ispan joriy mavsumga etiborini qaratgan, garchi bunday mish-mishlar uni chalg'itmay qolmasa ham. Boshqa tomondan, bu Xabi uchun qo'shimcha motivaciya – "Bayer" bilan titul yutish va yuqoriga bosqichga chiqish. Ehtimol muhim o'yinchilar saqlab qolinsa va bir necha sifatli ijrochilar bilan tarkib kuchaytirilsa Leverkuzenda qolar.



Hech kim kelasi mavsum "Bayer"ning qanday bo'lishini bilmaydi. Hozirgidek kuchli bo'lmasligi ham ehtimoldan yiroq emas. Bu tomonda dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri bilan bo'lgan yangi loyihadan g'azablangan "Bavariya" bor. SHu sabab "farmacevtlar" o'z o'sishlaridan maksimal va bir necha jamoalarning tushishidan foydalanishi kerak. "Bayer" allaqachon tarix yozmoqda, uning qanday bo'lishini yaqin vaqtlar ko'rsatadi. "Farmacevtlar"ni yoki tarixiy muvaffaqiyat, yoki tarixiy muvaffaqiyatsizlik kutmoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика