So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Gohida olgan pullarim ham o'zimga yoqmadi" - Rahimjon Davronov zaxirada qolgani, "Navbahor" va keyingi rejalari haqida Yangiliklar

"Gohida olgan pullarim ham o'zimga yoqmadi" - Rahimjon Davronov zaxirada qolgani, "Navbahor" va keyingi rejalari haqida

Namanganning "Navbahor" jamoasi 2021 yil boshida darvoza chizig'idagi raqobatni kuchaytirish uchun "Mashal"dan Rahimjon Davronovi taklif qilgandi.

Biroq darvozabon bu yil umuman maydonga tushgani yo'q. "Navbahor" darvozasini mavsum davomida O'tkir Yusupov qo'riqladi. Zaxirada qolib ketgan Rahimjon Davronovning keyingi rejalari qanday? "Navbahor"dan qanday xulosalar bilan ketmoqda? Bu borada uning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Mashal", keyinchalik "Buxoro"da ham asosiy darvozabon rolini bajargansiz. "Navbahor"da esa birinchi raqamli posbon O'tkir Yusupov hisoblanardi. SHunday ekan mavsum boshida o'tayotganingizda bu borada ikkilanish fikri yuzaga kelmaganmidi?

- Assalomu aleykum. Mavsum boshida o'zimda yaxshi variant bo'lgan edi. Transfer huquqim "Mashal"ga tegishli bo'lgani uchun etiroz bildirmaganman. Klubga foydam tegsin, degan maqsadda "Navbahor" taklifiga rozilik bildirdim. 

- Mavsum davomida zaxira o'rindig'iga "mixlanish"ni qanday qabul qildingiz? SHunday futbolchilar bo'ladi maosh va mukofot pullarini olib zaxirada o'tiraveradi, ortiqcha o'ziga olmaydi...

- To'g'risini aytsam zaxirada o'tirish men uchun emas. Ishonasizmi shunday pallalar bo'ldiki, olgan pullarim ham yoqmasdi. Maydonga chiqib to'p tepgim kelardi. Pulsiz o'ynashga ham tayyor edim, deya olaman. 

- Mavsumni jamoa No'mon Hasanov bilan boshladi. Keyinchalik Viktor Jalilov keldi. Balki avvalgi murabbiy qolganida biroz bo'lsa ham imkoniyat berarmidi, degan hayol kelmadimi?

- No'mon Hasanov juda yaxshi murabbiy. Birinchi turdan keyinoq olib tashlash faqat "Navbahor"da yuz bersa kerak. Menimcha Viktor Jalilovning yoshlari o'tib qoldi. Bunday yoshda uyda ko'k choy ichib dam olib o'tirishi kerak. 

-  Bir yillik zaxirada qolish nima berdi? Qanday xulosalar chiqarildi?

- O'zim uchun katta dars oldim. Bunday holat yuz berganidan qaysidir manoda xursandman. Sabr qilishni o'rgandim. Hozircha rejalarim aniq emas. Nasib qilsa, vaqt ko'rsatadi. O'ynaydigan jamoaga o'tishga harakat qilaman. 

- "Mashal" Superligadan tushib ketganiga qanday munosabatda bo'ldingiz?

- Ochig'i hafa ham bo'ldim. "Mashal" o'zbek futbolida o'z o'rniga ega jamoa. O'ylaymanki, Pro ligada o'z so'zini aytadi va Superligaga qaytadi. 

- Ayni paytda futbolimizda tanaffus. Demak barchasini o'ylab olish vaqti...

- Endilikda hammasini boshqatdan boshlash niyatidaman. Bunga aqlim va kuchim etadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика