So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

G'ofur Samiev: “Navbahor” futzal jamoasining maqsadi - kuchli oltilik" Yangiliklar

G'ofur Samiev: “Navbahor” futzal jamoasining maqsadi - kuchli oltilik"

Bu yildan boshlab, Superliga klublari qoshida ayollar va futzal jamoalari ham faoliyat yuritadigan bo'ldi.

SHundan kelib chiqqan holda, Namanganning “Navbahor” klubiga qarashli “Navbahor  Lochinlari” futzal jamoasi tashkil etildi va bu yildan boshlab, futzal bo'yicha Superliga bahslarida ishtirok etmoqda. Ayni paytda futzal bo'yicha O'zbekiston XXII milliy chempionatining 8-tur bahslari ortda qoldi va namanganliklar 16ta uchrashuvda (1ta turda 2tadan o'yin o'tkaziladi) 4ta g'alaba, 2ta durang va 10ta mag'lubiyatni qayd etgan holda, 14 ochko to'plab, 12ta jamoa orasida 10-o'rinni egallab turishibdi. To'plar nisbati – 44ga 70ni tashkil etmoqda.

Albatta, buni ijobiy natija deb bo'lmaydi. Xo'sh, omadsiz ishtirokning sababi nimada? Bu yilgi futzal bo'yicha Superliga bahslari qanday kechmoqda? Biz shu va o'zimizni qiziqtirgan boshqa savollarga javob olish maqsadida “Navbahor Lochinlari” futzal jamoasi bosh murabbiyi G'ofur Samievdan intervyu oldik.

G'ofur aka, aytingchi, futzal bo'yicha joriy mavsum bahslari qanday kechyapti?

Alo darajada o'tyapti. Joriy mavsumdan boshlab, 1ta tur doirasida bir jamoa bilan 2 sutka ichida ikkitadan o'yin o'tkazyapmiz. Barcha tur uchrashuvlari qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tyapti. SHu sababli, 1 jamoa bilan o'tkazilgan 2ta bahsda 2 xil natija qayd etilmoqda. Masalan, birinchi o'yinda yutsak, ertasi kuni o'tkazilgan uchrashuvda durangga imzo chekyapmiz yoki mag'lubiyatga uchrayapmiz. SHundan ham futzal bo'yicha bu yilgi chempionat bahslarining qiziqarli tarzda kechayotganligini bilish mumkin.
Ortda qolgan 8ta tur bahslaridan keyin jamoa 16ta o'yinda 14 ochko to'plagan holda, 10-o'rinda bormoqda. Ushbu omadsizlikni qanday izohlaysiz?
Jamoamiz tarkibi asosan mahalliy yosh futzalchilardan iborat, yani ularning orasida professional darajadagi futzalchilar yo'q. To'g'ri, jamoamizda bir paytlari katta futbolda faoliyat yuritgan darvozabon Islombek Jo'raev va hujumchi Ayubxon Gapparov bor. Ammo baribir katta futbol bilan futzalning orasida katta farq bor. Buni mazkur shogirdlarim ham tasdiqlashlari mumkin. Qisqasini aytganda, yigitlarga biroz tajriba etishmayapti. Bundan tashqari, jamoamiz azolarining mashg'ulotlar o'tkazishlari uchun  alohida baza tashkil etilsa, yaxshi bo'lardi. To'g'ri, “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan anchagina yaxshi sharoitlar yaratib berilmoqda. Moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo'q.
Kezi kelganida shuni alohida takidlash joizki, shogirdlarimning ko'pchiligi futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiylarining nazarlariga tushishgan. Ularning  tez orada milliy terma jamoadan chorlov olishlari ehtimoli yuqori.


Ortda qolgan uchrashuvlardan qaysilari jamoa uchun qiyin kechdi?

Olmaliqning AGMK va Qarshining “Nasaf” klublariga qarshi kechgan bahslar jamoamiz uchun ancha qiyin o'tdi. Sababi, AGMK jamoasi tarkibidagi futzalchilar O'zbekiston terma jamoasi o'zagini tashkil qilishadi va katta tajribaga egalar.
“Nasaf” jamoasi bilan bo'lgan birinchi o'yinda yo'l charchog'i tasir qildimi, mag'lubiyatga  uchradik. Ammo ertasiga mezbonlarni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldik.

Umuman olganda, Superliga futzal jamoalari orasida faqatgina Jizzaxning “So'g'diyona” va “Navbahor” jamoalari yangi tashkil etilgan, xolos. Qolgan jamoalar ancha yaxshi shakllangan. SHunday bo'lsa-da, har bir jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishga intilyapmiz. SHogirdlarim o'yindan – o'yinga o'z mahoratlarini oshirib borishmoqda.

Reglamentga ko'ra, joriy mavsumdan boshlab, futzal jamoalari o'rtasidagi Superliga bahslarining 1ta turida ikkitadan o'yin o'tkazilmoqda. Bu borada nima deya olasiz?

Futzalda ham futbolchi organizmining tiklanish jarayoni katta futbolniki bilan deyarli bir xil, yani 72 soatni tashkil etadi. SHuning uchun 2 sutka ichida 2ta o'yinda ishtirok etish yosh, o'sib kelayotgan futzalchilarning organizmlariga salbiy tasir ko'rsatishi ehtimoli bor. O'FA rahbarlari shu masalani ko'rib chiqishsa, yaxshi bo'lardi. CHunki 2 sutkada 2ta uchrashuvda maydonga tushish yoshlarni toliqtirib qo'yishi mumkin.

Joriy mavsumda jamoaning oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
Takidlab o'tganimdek, jamoamiz yangi shakllangan. SHu sababli, asosiysi, bu yilgi mavsumda Superligada munosib ishtirok etish. SHunday bo'lsa-da, maqsadimiz kuchli oltilikdan o'rin olish. Buni amalga oshirish va muxlislarimizni xursand etish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Kezi kelganida, jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. O'zingizga malum, futzal faqat g'alabalardan iborat emas. Undan bazan mag'lubiyatlar ham uchrab turadi. SHunday qiyin paytlarda ham muxlislardan jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlashlarini iltimos qilaman. Bu shogirdlarimga qo'shimcha ruhiy madad beradi va ular sizlarning ishonchingizni oqlashga intilishadi.
 

Ulug'bek Umarov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика