Godin: "Atletiko"ga sevgim boqiy, men klub muxlisiman"
23 iyu 2021 12:04
Yangiliklar
Godin: "Atletiko"ga sevgim boqiy, men klub muxlisiman"
Hozirda "Kalyari"da o'ynayotgan "Atletiko" sobiq sardori Madrid klubi haqida gapirdi.
"Menga Madridga kelganimda aytishadi: "sen Diego Godinsan, sen "Atletiko"dansan. Ayrimlar ikki yil oldin klubdan ketganimni ham bilishmaydi. Menda "Atletiko"ning chempionligini bilishim yoki bilmasligim borasida savol berishadi, meni huddi hali ham jamoada o'ynayotgandek hatto tabriklab ham qo'yishadi.
Muxlislar meni qanday sevishadiya, bu abadiy. Men shuningdek klub muxlisiman", - deydi Godin.
Diego Godin 2010-2019 yillar davomida Madrid grandini sharafini himoya qilgan va "Atletiko" safida La Ligada eng ko'p o'yin o'tkazgan legioner hisoblanadi.
Fikrlar